O`zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buhoro davlat tibbiyot instituti


Kapillyar qon olish va tekshiruv uchun material tayyorlash



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix31.03.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#84892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
qon klinik tahlili

 Kapillyar qon olish va tekshiruv uchun material tayyorlash.

 

Umumiy  klinik  tahlil  uchun  qon  bemor  barmog’idan  (rasm.1.1),  venasi  yoki  quloq 



suprasidan,  chaqaloqlarda  tovonidan  olinadi  (rasm.1.2).  Qon  tekshiruvni  ertalab  och 

qoringa,  jismoniy  zo’riqishlar,  turli  diagnostik  muolajalar  va  dori  vositalarini  qabul 

qilishdan avval o’tkazilishi tavsiya etiladi. 

Qon olish qoidalari: 

Qonni rezina qo’lqoplarda, aseptika qoidalariga rioya qilib olish kerak. 

Kapillyar qon olishda bir marta qo’llaniladigan  steril skarifikatorlardan foydalanish kerak.  

 

Kapillyar qon.  



Teshishdan oldin bemor barmog’i terisi 70

li spirt bilan ho’llangan steril tampon bilan artiladi. 



Teshilayotgan teri qismi quruq va iliq bo’lishi kerak. 

Qon yaradan erkin oqishi kerak 

Barmoqni  ezish  mumkin  emas,  bu  holatda  qonga  to’qima  suyuqligi  tushib,  natija  noto’g’ri 

bo’ladi. 

Qon olingandan keyin yara yuzasiga 70

li spirt bilan ho’llangan steril tampon qo’yiladi. 



Gematologik tekshiruvlar uchun qon 3 xil usul bilan olinishi mumkin: 

I.    Barmoq  teshilgandan  keyin  bir  necha  tomchi  (3-4  tomchidan  kam  emas)  qon  individual 

buyum oynachasiga tomizilib, aralashtiriladi va ishlatiladi.   



II.    Qon  oldindan  natriy  stitrat  bilan  xo’llangan  individual,  steril  Panchenkov  kapillyariga 

olinadi.   



Muhim

 

Bir  marta  ishlatilgandan  keyin  tegishli  ehtiyot  choralarini  ko’rib    yo’q  qilinadigan 



lanstetlardan foydalangan ma’qul.  Barmoqqa sanchish uchun sterillangan va qayta ishlatilgan 

lanstet yoki ignalar o’tmaslashib qolgan bo’lsa, ulari yangisiga almashtirish kerak, aks holda, 

qon olish jarayoni bemor uchun og’riqli kechadi. 

 

Qon olish uchun oldindan quyidagi probirkalar tayyorlab qo’yiladi: 



1.

 

eritrostitlar  sonini  sanash  uchun  4.0  ml  0.9%li  natriy  xlorid  eritmasi  solingan 



probirka 

2.

 



gemoglobinni  aniqlash  uchun  5.0  (yoki  2.5)  ml  (reaktiv  to’plamidan) 

transformastiyalovchi eritma solingan probirka 

3.

 

leykostitlar  sonini  sanash  uchun  0.4  ml  3%li  sirka  kislota  eritmasi  solingan 



probirka 

4.

 



EChT  aniqlash  uchun  Panchekov  kapillyariga  R  belgisigacha  to’ldirilgan  va 

probirkaga quyilgan 5% li natriy stitrat (limon kislota )eritmasi.  

 

Qon  olingandan  so’ng  darhol  1-,2-,3-  probirkalarga  20mkl qon  solinadi va  pipetka  bir 



necha  bor  suyuqlikning  yuqori  qismida  yuviladi.  Qonni  tekshiruv 

eritrostitlar

  uchun 


suyultirishdan  boshlanadi,  chunki  keyingi  leykostitlar  sonini  va  gemoglobin  miqdorini 

aniqlash eritrostitlar lizisiga olib keluvchi reaktivlardan foydalanilgan holda o’tkaziladi.  

 

EChT



ni  aniqlash  uchun  5%  li  natriy  stitrat  eritmasi  bilan  yuvilgan  kapillyarga  K 

belgisigacha  (100  bo’linma)  qon  olinadi  va  natriy  stitrat  eritmasi  bo’lgan  probirkaga 

puflanadi (qon va reaktiv nisbati - 4:1), probirka chayqatiladi.  

 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə