O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Qumli cho’l tuproq morfologiyasi, tarkibi va xossalari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə56/129
tarix22.03.2024
ölçüsü1,29 Mb.
#181841
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Qumli cho’l tuproq morfologiyasi, tarkibi va xossalari.
Morfologik tuzilishi. Qumli cho’l tuproqlarida gumusli va kuchli chimlangan (A) gorizont, odatda biroz pastda, ya’ni ustki qismi 5-6 sm qalinlikdagi shamolda to’zg’iydigan sochilma qumli qatlamning ostida hosil bo’ladi. Qalinligi 5(6)-20(30) sm. li bo’lgan bu chirindili gorizontda iloqning chirimagan ildizlari ko’p to’planadi. Tuproqning chidamsiz struktura bo’lakchalari odatda ildizchalar atrofida marjon shodasi singari tizilib turadi. Qumli tuproqlar profilining o’rta qismida (V) ba’zan chang va gelli zarrachalar bir oz ko’proq to’plangan bo’ladi. 20-30 sm chuqurlikda o’ziga xos (ayniqsa quriganda) biroz qizg’ish tus yuzaga keladi. Bu jarayon temir gidrooksidining suvsizlanishi bilan bog’liq. Karbonatlar odatda yoyilib to’rgan oq dog’lar shaklida ajralib turadi. Ko’pincha 3-50 sm chuqurlikda karbonatlarning temir dog’lari bo’lgan zich konkretsiyalari ham uchraydi. Bu gorizont g’ovak holdagi ona jinslar (S) ga o’tadi. Kam to’zg’iydigan va zichlangan jinslardagi qumli cho’l tuproqlari asta-sekin sur qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlariga aylanadi.
K l a s s i f i k a ts i ya s i. Qumli cho’l tuproqlari tarkibidagi qumlarning mineralogik va kimyoviy tarkibiga ko’ra avlodlarga bo’linadi.
Kimyoviy tarkibi. Qumli cho’l tuproqlarida gumus juda kam (0,2-0,5 foiz) bo’lib, ammo gumus tuproqning ancha chuqurligiga (30-35 sm) qadar kirib boradi (72 jadval). Bu tuproqlarda azot (0,01-0,03 foiz), fosfor (0,03-0,05 foiz) miqdori ham oz. Umumiy kaliy ko’proq (1,2-2 foiz). Harakatchan fosfor juda kam (4-7 mg/kg), ba’zan 20-22 mg/kg ni tashkil etadi.
Qumli cho’l tuproqlarida sho’rlanish deyarli bo’lmaydi. Suvli so’rim tarkibida sulg’fatlar ko’proq. Gipsdagi SO42- uncha ko’p emas (0,01-0,05 foiz). Uning maksimal miqdori 30-40 sm chuqurlikda bo’ladi. O’simliklar yaxshi o’sadigan qumli tuproqlarda karbonatlar va sulg’fatlar bir oz ko’payadi. Karbonatlar asosan tuproqning yuqori qatlamlari (30-50 sm) da ko’proq.
1- jadval
Qumli cho’l tuproqlarda gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori.

Tuproq namunasi olingan chuqurlik, sm

Gumus, foiz



Azot, foiz



Fosfor

Kaliy

C:N


Umumiy foiz

Harakat
chan mg/kg

Umumiy foiz

Harakatchan mg/kg


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə