O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə19/22
tarix24.03.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#103094
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
528-sonli qaror

3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
1-ILOVA
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
SXEMASI

Bosqichlar






Subyektlar






Tadbirlar






Bajarish muddatlari






1-bosqich




Ariza beruvchi




1. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.




Zarur bo‘lgan hollarda








































2-bosqich




Ijrochi




Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi:
metrologikattestatsiyadan o‘tkazish uchun texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi;
metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadano‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.










Bir ish kuni mobaynida
















Uch ish kuni mobaynida




























3-bosqich




Ijrochi




Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihalarini ekspertizadan o‘tkaza�i:
sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihalari ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ekspert xulosani rasmiylashtiradi.
sinov vositalarining birlamchi va davriy metrolo-gik attestatsiyasi dasturi va uslubiyoti loyihalari ekspertizasi natijalari salbiy bo‘lganda, nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda ekspert xulosani rasmiylashtiradi.




Uch ish kuni mobaynida








































4-bosqich




Ariza beruvchi




Ekspertiza natijalari salbiy bo‘lganda — nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va sinov vositalarining birlamchi va davriy metrologik attestatsiyasi dasturi va uslubiyotining qayta ishlangan loyihalarini takroriy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etadi.




Uch ish kuni mobaynida








































5-bosqich




Ijrochi




Birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyotiga muvofiq sinov vositasining xossalarini tekshiradi va natijalarni attestatsiya bayonnomasida rasmiylashtiradi:
attestatsiya natijalari ijobiy bo‘lganda sinov vositalarining metrologik attestatsiyasi sertifikatini rasmiylashtiradi;
metrologik attestatsiya natijalari salbiy bo‘lganda sinov vositalarining yaroqsizligi to‘g‘risida xabarnoma beradi.




Besh ish kuni mobaynida













Ikki ish kuni mobaynida




Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
2-ILOVA

Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga


3-ILOVA

Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga


4-ILOVA

Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalariga
5-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga
5-ILOVA
O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘lchash vositalarini kalibrlashni tashkil etish va o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmatlari;
o‘lchash vositalarini kalibrlash — ma’lum sharoitlarda, o‘lchash vositasi yordamida olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalar majmui.
3. Kalibrlash ma’lum sharoitlarda kalibrlanadigan o‘lchash vositalari yordamida olingan kattalik qiymatlari hamda namunaviy o‘lchash vositalari va etalonlar bilan qayta tiklanadigan tegishli qiymatlar o‘rtasidagi nisbatni aniqlaydigan operatsiyalar majmuini amalga oshirish orqali o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
4. O‘lchash vositalarini kalibrlashda xalqaro birliklar tizimining birliklarigacha bevosita yoki bilvosita metrologik kuzatiluvchanlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalari (etalonlar) va yordamchi kalibrlash vositalari qo‘llaniladi.
5. O‘lchash vositalarini kalibrlash davriyligi kalibrlash usullari va tartib-taomillarida belgilanadi, bunda belgilangan muddat tegishli o‘lchash vositalarining qiyoslashlararo interval muddatidan oshmasligi kerak.
6. Kalibrlash jarayonida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda chop etilgan yoxud nufuzli texnik tashkilot yoki tegishli ilmiy maqola yoki jurnallarda bayon etilgan yoki o‘lchash vositasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan usullar (keyingi o‘rinlarda kalibrlash usuli deb ataladi) qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Laboratoriya tomonidan sifat tizimi menejmenti hujjati shaklida ishlab chiqilgan yoki modifikatsiyalangan usullar qo‘llanilishi mumkin.
Kalibrlashni qanday amalga oshirish haqida yetarlicha va aniq axborotga ega bo‘lgan kalibrlash usullari, agar bu usullar kalibrlash laboratoriyasining xodimlari tomonidan ishda qo‘llanishi mumkin bo‘ladigan tarzda yozilgan bo‘lsa, usulda harakatlar ketma-ketligining hujjatlashtirilishi yoki qo‘shimcha aniqlashtirilishi zarur bo‘lganda — to‘ldirilmasligi yoki ichki tartib-taomillar shaklida qayta yozilmasligi kerak.
7. O‘lchash vositalarini kalibrlash, kalibrlash tartib-taomiliga muvofiq menejment tizimlarining hujjatlashtirilgan axboroti (keyingi o‘rinlarda kalibrlash tartib-taomili deb ataladi) shaklida o‘tkaziladi.
Kalibrlash laboratoriyalari kalibrlash usulidagi harakatlar ketma-ketligining hujjatlashtirilishi yoki qo‘shimcha aniqlashtirilish uchun kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlaridan kelib chiqib kalibrlash tartib-taomilini ishlab chiqadi.
8. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin.
9. O‘lchash vositalarini kalibrlashni kalibrlash laboratoriyasining akkreditatsiyaning ma’lum sohasida vakolatli bo‘lgan xodimlari o‘tkazadi.
10. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
11. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
12. O‘lchash vositalarini kalibrlashning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda o‘tkaziladi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə