6
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar, ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar
muqarrarligini to’la tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon jadal harakatni
ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan
AQSH, Yaponiya, Koreya va Xitoy bugungi kunda raqamli poygada norasmiy
yetakchilar sanaladi. Ularning keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya,Evropa Ittifoqi
mamlakatlari, Avstraliya, Belorussiyava boshqalar turadi. Bu dalillarni
birlashtirgan holda qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi
mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘laqonli falsafiy tushunish yo‘q.
Ko‘rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy
munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan
kommunikatsiya qilish va to‘lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini
tushunadi, holos. Aftidan, ko‘pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli
ravishda tashkil etmaydi, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish
jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga
tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan
jarayoni hisoblanmaydi.Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi
mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olgan [5]. Masalan, AQSH
bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar
ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki,
xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni
raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko‘ramiz.
Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun
globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo‘lgan o‘yinchi doimo
o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu sohadagi AQSH
ning strategiyasini batafsilroq ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni
tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum bo‘lib
qoladi:
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish (
ya’ni,
tegishlinormativ-huquqiy baza tashkil qilish
);
7
2.Bu sohaga transformatsiya qilinishga eng tayyor iqtisodiyot sub’ektlarida
raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda ishga
tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o’zaro raqobat kurashi va ularning
asta-sekinlik bilan integratsiyalashuvi amalga oshishi;
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun
iqtisodiyotga joriy qilish.
Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va
Xitoy mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz
maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Dostları ilə paylaş: