Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli


unosabatlar  va  yo„nalish



Yüklə 376,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix26.04.2022
ölçüsü376,83 Kb.
#86077
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Pedagogik qobiliyat, uning kasbiy faoliyatdagi roli. Shaxsning i

unosabatlar  va  yo„nalish

  shaxdagi  asosiy  ko„rinishlar  sifatida  -  bu 

shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi. 

Qobiliyatlar

 ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu 

odamning nimalarga qodir ekanligi. 

Xarakter

  imkoniyatlardan  foydalanish,  ularni  kengaytirishga  qaratilgan 

turg„un, barqaror tendenstiyalar, ya‟ni bu odamning k i m ekanligi. 

  Bu  nuqtai  nazardan  karaganda  ham,  xarakter  shaxsning  «tanasi»,  borligi, 




konstitustiyasidir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan farqi 

shuki,  bu  xususiyatlar  ancha  o„zgaruvchan  va  dinamik,  orttirilgandir.  SHuning 

uchun ham maktabdagi ta‟limdan oliy o„quv yurtidagi ta‟limga utish faktining o„zi 

ham o„spirinda ma‟lum va muhim o„zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

  Xarakter 

muammosini 

ilmiy 

o„rganishda  B.M.Teplov,  S.Merlin, 



E.A.Klimovlarning  tadqiqotlari  ahamiyatlidir.  CHunki  ularning  tadqiqotlarida 

o„qish,  sport,  mehnat  faoliyatlarida  shaxsning  xarakat  usullarining  individual 

farqlari masalasi ko„rsatib berilgan.  

  Umuman,  koneret  shaxs  misolida  olib  karaydigan  bo„lsak,  har  bir  alohida 

ob‟ektlar,  narsalar,  hodisalarga  mos  tarzda  xarakterning  turi  qirralari  namoyon 

bo„lishining  guvoxi  bo„lishimiz  mumkin.  Masalan,  uyda  (katta  o„zbek  oilasi 

misolida  oladigan  bo„lsak)  katta  yoshli  ota-onalar  oldida  o„ta  bosiq,  ko„nuvchan, 

har  qanday  buyurilgan  ishni  e‟tirozsiz  bajaradigan  kishi,  o„z  kasbdoshlari  orasida 

doimo o„z nuqtai nazariga ega bo„lgan, gapga chechan, kerak bo„lsa, qaysar, dadil 

bo„lishi,  ko„chada  jamoatchilik  joylarida  beg„am,  loqayd,  birov  bilan  ishi  yo„q 

kishiday  tuyulishi,  o„ziga  nisbatan  esa  o„ta  talabchan,  lekin  egoist,  o„z-o„ziga 

bahosi  yuqori  bo„lishi  mumkin.  Demak,  xarakterning  psixologik  tizimini  tahlil 

qiladigan  bo„lsak,  uning  borliqdagi  ob‟ektlar  va  predmetli  faoliyatga  nisbatan 

amalga  oshirish  maqsadga  muvofikdir.  SHuning  uchun  ham  psixologiyada 

xarakterning quyidagi tizimi e‟tirof etiladi: 

Mehnat  faoliyatida  namoyon  bo‘ladigan  xarakterologik  xususiyatlar 

mehnatsevarlik,  mehnatkashlik,  tashabbuskorlik,  ishga  layoqat,  ishga  qobillik, 



mas‟uliyat, dangasalik, qo„nimsizlik va boshqalar. 

Insonlarga 

nisbatan 

bo‘lgan  munosabatlarda  namoyon  bo‘ladigan 

xarakterologik  sifatlar 

-  odoblilik,  mehribonlik,  takt,  jonsaraklik,  dilgirlik, 

muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g„amxurlik, raxm-shafqat va boshqalar. 

O‘z-o‘ziga  munosabatga  aloqador  xarakterologik  sifatlar

  -  kamtarlik, 

kamsuqumlilik,  mag„rurlik,  o„ziga  bino  qo„yish,  o„z-o„zini  tanqid,  ibo,  sharmu  - 

hayo, manmansirash va boshqalar. 



Narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar

 - 



tartiblilik,  oqillik,  saronjom-sarishtalik,  qo„li  ochiqlik,  ziqnalik,  tejamkorlik, 

pokizalik va boshqalar. 

  YUqorida sanab o„tilgan sifatlar aslida shaxsning hayotdagi yo„nalishlaridan 

kelib  chiqadi.  CHunki  yo„nalish  -  odamning  borliqqa  nisbatan  tanlovchan 

munosabatining  aks etishidir.  Bunday  yo„nalish  turli shakllarda  namoyon  bo„ladi: 

diqqatlilik, qiziquvchanlik, ideallar, maslaklar va hissiyotlarda. 

  Xarakter - tarixiy kategoriya hamdir. Buning ma‟nosi shuki, har bir ijtimoiy-

iqtisodiy  davr  o„z  kishilarini,  o„z  avlodini tarbiyalaydi  va bu  tafovut  odamlardagi 

xarakterologik xususiyatlarda o„z aksini topadi. Masalan, o„tgan asr o„zbeklari, XX 

asrning  50-yillaridagi  o„zbeklar  va  mustaqillik  yillarida  yashayotgan  o„zbeklar 

psixologiyasida  farq  avvalo  ularning  xarakterologik  sifatlarida  aks  etadi. 

Aminmizki, XXI asrning yosh avlodlari yanada zukkoroq, irodaliroq, ma‟rifatli va 

ma‟naviyatliroq  bo„ladi.  Mamlakatimizda  hozirgi  kunda  amalga  oshirilayotgan 

say‟i-harakatlar yangi asr avlodining ruhan va jismonan sog„lom bo„lishiga zamin 

yaratmoqda.  

 Xarakter  xususiyatlarining  nimalarda  namoyon  bo„lishi,  ularning  belgilari 

masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. 

  Avvalo  xarakter  insonning 



hatti  -  harakatlari  va  amallarida

  namoyon 

bo„ladi  -  odamning  ongli  va  maqsadga  qaratilgan  harakatlari  uning 

k  i  m

  

ekanligidan darak beradi. 



 

Nutqining  xususiyatlari

  (baland  tovush  bilan  yoki  sekin  gapirishi,  tez  yoki 

bosiqligi, emostional boy yoki jonsiz) ham xarakterning yo„nalishini belgilaydi. 

 

Tashqi  qiyofa

  -  yuzining  ochiq  yoki  tund  ekanligi,  ko„zlarining  samimiy 

yoki  joxilligi,  qadam  bosishlari  -  tez  yoki  bosik,  mayda  qadam  yoki  salobatli, 

turishi  -  viqorli  yoki  kamtarona,  bo„larning  hammasi  xarakterni  tashqaridan 

kuzatib o„rganish belgilaridir. 

  Bundan  tashqari  ilm  olamida  juda  ko„plab  urinishlar  bo„lgan.  Ularda 

odamning  turli  tabiiy,  tug„ma  xususiyatlariga  xarakterni  bog„lashga  urinishlar 

bo„lgan.  Masalan, 


Yüklə 376,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə