Pedagogika va aniq fanlar


Xulosa Foydalangan adabiyotlar



Yüklə 476,83 Kb.
səhifə2/9
tarix31.12.2021
ölçüsü476,83 Kb.
#81768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Munisa menejment

Xulosa

Foydalangan adabiyotlar

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda 1998 yilning ‘Oila yili’ deb e‟lon qilinishi va shu munosabat bilan ‘Oila manfaatlarini ta‟minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar Davlat Dasturi’ ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng umumxalq muhokamasidan sung ‘Oila Kodeksi’ ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi 54-sonli qaroriga binoan Respublika ‘Oila’ ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini ta‟minlashga bo’lgan e‟tiboridan dalolatdir.

Milliy mustaqillikka erishgach, O’zbekiston Respublikasida pedagogika fani taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Xususan, pedagogik tadqiqotlarning ko’lami kengaytirildi, milliy pedagogik madaniyat, meros chuqur o’rganilib, shaxsga ta’lim beri shva uni tarbiyalash borasidagi jahon tajribalari, yutuqlaridan milliy xususiyatlarga tayangan holda foydalanish borasidagi izlanishlar yuzaga keldi. Oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya o’zining tub mohiyatiga ko’ra milliy xususiyatlarni namoyon etish bilan birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim yo’nalishi sifatida o’rganildi.

Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O’zining ko’p asrlik mustahkam va ma‟naviy tayanchlariga ega. O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas balki, oilasining qarindosh–urug’lari va yaqin odamlarini, qo’shnilarining omon esonligi to’g’risida hamxo’rlik qilishini birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma‟naviy kadriyat, inson qalbining gavharidir. Oila insonni xalol va pokiza bo’lishiga, ilm fan asoslarini egallashga, beva - bechoralarni qo’llab - quvatlashga, tabiatni e‟zozlashga dav‟at etadigan diniy, ma‟naviy, axloqiy qadriyatlarga alohida e‟tibor berishga dav‟at etadi. Bu borada buyuk bobokalonlarimiz Imom al-Buxoriy, Baxouddin Nakshband, Xoja Axmad Yassaviy, Imom at-Termeziyning insonni ma‟naviy yetuklikka chorlovchi buyuk g’oyalari, xikmatlari katta o’rin tutadi.


“Yurtimizda har bir inson uchun Vatan tushunchasi, avvalo, oiladan boshlanadi, -degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov. shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Oilaning jamiyatda tutgan o’rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan turib, xalq mafkura yarata olmaymiz”.

Oila insoniyat yaralgan muhim va muqaddas ijtimoiy institut muasssasidir. Darhaqiqat oila, ayniqsa o’zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Har bir insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo’lib o’sib kelayotgan yosh go’dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqalanib, mazmunan mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog’lom muhitda, ota-bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillarning mehr-oqibati orqali amalga oshib boradi. Oilada shakllangan odob-axloq, xulq-atvor keyinchalik mahallada, mehnat jamoalarida, o’quv muassasalarida rivojlanib shaxsning ongi va qalbiga singib boradi. “Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro’-e‟tibori hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bidan bog’liq har qanday hatti-harakatlarda unga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog’i lozim”-deydi O’zbekiston Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov.

O’zbek oilalarida barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni benihoya katta. Bu yerda asrlar davomida shakllanib kelgan milliy an‟analar, ota-onalar va bolalarning o’zaro hamkorligi va hurmati, qarindoshlarning bir-biriga yordam qo’lini cho’zilishi, oilaviy pokizalik talabalarini saqlanishi kabi urf-odatlar o’sib kelayotgan yosh avlod ma‟naviyati va axloqi uchun negizga aylanadi, maishiy-madaniy turmushning asosiy tushunchalari va qoidalari xalqimizning urf-odatlari, marosimlari va rasm-rusumlari mustahkam qo’rg’ondagidek saqlanib qoladi va avloddan avlodga yetkazib beriladi. Bugungi kunda sog’lom, aqlli, bilimli, tashabbuskor, fidoiy yoshlarni oila muhitida tarbiyalash dolzarb vazifadir.


1BOB. MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT TARAQQIYOTI GAROVIDIR


Yüklə 476,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə