Преподавание зыка и литературы anguage and literature


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
uzb-2019 4-son

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun darslikda berilgan 
261-mashq
“Blits savollar”
metodi va 
“Ha, yo‘q” 
usulini birgalikda qo‘llagan holda og‘zaki bajariladi. 
Bunda barcha o‘quvchilar darsda ishtirok etib, yangi 
mavzuni o‘zlashtirib olishlari ta’minlanadi. Barchamiz-
ga ma’lumki, 
“Blits savollar”
metodi tezkor savollarga 
tezkor javob berishni nazarda tutadi. Ustma-ust beri-
layotgan savollarga o‘quvchi tezlikda javob berishi ke-
rak. O‘ylashga vaqt berilmaydi.
 “Ha, yo‘q” 
usulida esa 
berilayotgan savollarga tezkor 
“ha” 
yoki 
“yo‘q” 
javobi 
beriladi. Mashq da berilgan gaplar o‘qituvchi tomoni-
dan savol tariqasida o‘qib beriladi. 
Masalan:
Afsuski, 
hali o‘zlashtirilmagan yerlar juda ko‘p
gapidagi 
afsuski 
kiritmasi bayon etilayotgan fikrga nisbatan achinishni 
bildiradi. Hukm to‘g‘ri bo‘lsa, o‘quvchilar “ha” noto‘g‘ri 
bo‘lsa, “yo‘q” javobini beradilar. Savol-javobda barcha 
o‘quvchilar qatnashadi. Bu usulni bajarishda o‘quv-
chilarning qo‘lida oq va ko‘k rangdagi sharlar bo‘lib, “ha” 
javobiga oq, “yo‘q” javobiga ko‘k sharni ko‘taradilar. No-
to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar o‘yindan chiqadi. Qay si 
guruhda o‘yindan chiqqan o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa, o‘sha 
guruh mag‘lub bo‘ladi. 
262-mashq
yozma bajariladi. O‘quvchilar rasm-
ga qarab “Bu voqea o‘tgan yozgi ta’tilda bo‘lgan edi” 
mavzusida kichik insho yozishadi. Inshoda, albatta, 
kiritmalardan foydalanish lozim. 
So‘ng o‘quvchilarga ekranda Rasul Hamzatovning 
“Ona tilim” she’ri videoroligi namoyish etiladi va ulardan 
she’rdagi undalmalarni topish so‘raladi. Qaysi guruh 
birinchi va to‘g‘ri javob bersa, ular yomg‘ir tomchilarini 
qo‘lga kiritadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə