|
Prezentatsiya yaratish bosqichlari
|
səhifə | 4/5 | tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 133,37 Kb. | | #151418 |
| Prezentatsiya yaratish bosqichlariMatn va Fonni formatlash
Matn va Fonni quyidagicha formatlashingiz mumkin:
Matnni formatlash
Bir qancha programmalarga o`xshab, yozuv shriftini, o`lchamini va boshqa o`zgarishlarni Home menyusidan o`zgartirish mumkin.
Yozuv o`lchamini o`zgartirishda, siz o`zingizga kerakli o`lchamni topaolmasangiz uni o`zingiz kiritishingiz mumkin. Ekrandagi Text boxni joyii o`zgartirish uchun esa ekrandagi sichqoncha tugmasi plyus ko`rinishiga kelishi kerak. Ana usha holatda sichqoncha yordamida Text box joylashuvini o`zgartirish mumkin. Har birajratilgan matnlarga alohida Text box yarating. Bir-biridan ajratilgan matnlar alohida ishlash uchun qulay.
Matnni formatlash menyusi.
Fon
Turli xil fonlarni “Design” menyusidagi “Backgraund styles” tugmasi orqali tanlashimiz mumkin.
Slayd fonini o`zgartirishingiz uchun, bo`sh yerda sichqonchaning o`ng tugmasini bosib, hosil bo`lgan menyudan Format fona buyrug`ini tanlaysiz va u
yerdan fon rangini tanlash imkoniyatiga ega bo`lasiz. Agar size hosil bo`lga tablodan “Zalivka” menyusini tanlasangiz fonni gradient usulida yaratishingiz mumkin. Gradient fon bu biror rangdan boshqa rangga silliq o`tishidir. Eng zo`r gradient fonlar juda to`q va och rangda bo`ladi, bu esa matnlarni oson o`qilishini ta’minlaydi. Agar fonga rasm joylashtirmoqchi bo`lsangiz menyudan “Risunok” tugmasini bosamiz va rasmni tanlaymiz.
“Design” menyusi
Yangi slayd joylashtirish:
Yangi slayd yaratish uchun “Home” menyusidan “New slide” tugmasini tanlasangiz taqdimotingizga yangi slayd qo`shiladi.
Slaydlarni olib tashlash (o`chirib tashlash):
Slaydlardan birini o`chirib tashlamoqchi bo`lsangiz ekranning chap tarafida joylashgan slaydlardan birining ustiga sichqonchani olib borib o`ng tugmasini slayd ustida bosamiz va hosil bo`lgan menyudan “Delete” buyrug`ini bosamiz va slaydni o`chirib tashlaymiz.
Yangi slayd yaratish
Slayd shouni taqdimot qilish
Slayd showni quyidagicha taqdimot qilinadi :
F5 tugmasini yoki “Slide Show” menyusidan “Start Slide Show” guruhidagi biror bir buyruqni tanlashingiz mumkin:
· Agar eng boshidagi slayddan taqdimotni ko`rmoqchi bo`lsangiz “From beginning” (Snachalo) tugmasini bosing.
· Agar faqat bitta slaydni ko`rmoqchi bo`lsangiz “From current Slide” (Stekushegoslayda) tugamsini bosing.
Taqdimot boshlangand asichqonchaning chap tugmasi keyngi slaydlarga o`tkazadi
ESC tugmasi esa taqdimotni to`xtatib slaydlarni oddiy holatiga qaytaradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|