32
19.2.
Futbolkaning o‘ng yengida O‘zPFL logotipi, chap yengida esa O‘zPFL
tomonidan taqdim etilgan Musobaqa titul homiysining ramzi bo‘lishi lozim.
19.3.
Futbolka orqa tomonining tepa qismida O‘zPFL
litsenziyasi va ariza
varaqasida ko‘rsatilgan (balandligi 5–8 sm. “Jersey M54” shriftida) futbolchining
familiyasi (ismi yoki tahallusi) aks etgan yozuv hamda futbolchining litsenziyasida
ko‘rsatilgan futbolka raqami (balandligi 25–35 sm “Jersey M54” shriftida) bo‘ladi.
Shortining o‘ng tomonida futbolchining futbolkasidagi
raqam aks ettiriladi
(balandligi 10–15 sm).
Aralash rangli futbolkada familiya (ism yoki taxallus) va raqam alohida
rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki futbolka ranglariga
proporsional rangda
ko‘rsatiladi. Futbolchining familiyasi (ism yoki taxallus) va raqami yozuvi bir xil
rangda bo‘lib, stadiondagi muxlislar, teletomoshabinlar va OAV vakillari o‘qishi
uchun oson bo‘lishi tavsiya etiladi. Bunda U-21, U-18
hamda farm-klub
jamoalarining formasi asosiy jamoa formasi bilan bir xil bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek, U-21, U-18, farm-klub hamda asosiy tarkib futbolchilarining raqami
bir-birini takrorlamasligi lozim. Ya’ni, asosiy tarkibda
maydonga tushmoqchi
bo‘lgan U-21, U-18, farm-klub a’zosida boshqa yangi libosga ehtiyoj qolmasligi
kerak.
19.4.
Futbolchining futbolkadagi familiyasi o‘zbek
tilida lotin yozuvida
ko‘rsatilishi lozim. Xalqaro maydonda o‘ynaydigan klublargagina familiyani (ism
yoki taxallus) ingliz tilida yozishga ruxsat beriladi.
19.5.
Klublar ro‘yxatdan o‘tish oldidan O‘zPFLga yangi mavsum uchun
liboslarning 3D formatini taqdim etishi, Musobaqa startiga 10 kun vaqt qolgunicha
futbolchilar va darvozabonlar liboslarining asosiy va rezerv ranglari haqida to‘liq
axborot taqdim etishi lozim.
Dostları ilə paylaş: