Programalashtiriladigan interfeyslar. Mikroprotsessorli sistemalarning mikroehm texnik vositalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix16.03.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#84537
1   2   3
Programalashtiriladigan interfeyslar

Kiritish-chiqarish portlari. Har biri MK razryadli, (ko’proq P-razryadli)

kiritish-chiqarish portlariga birlashtirilgan, bir qancha kiritish-chiqarish

simlariga ega. MK xotirasida har bir kiritish-chiqarish portiga to’g’ri keladigan

qiymatlar registrida adreslar bor. Bulardan tashqari, ko’pgina MK portlarini

alohida razryadlari protsessorni bitli buyruqlari orqali so’ralishi yoki

o’rnatilishi mumkin. Funksiyalarni amalga oshirishga bog’liq holda parallel

portlarni quyidagi turlari bor:

- ma’lumotlarni faqatgina kiritish yoki chiqarish uchun mo’ljallangan bir

tomonlama portlar;

- ma’lumotlarni ikki tomonga yo’naltira oladigan portlar, ma’lumotlarni qaysi

tomonga yo’naltirish MK inisializasiya jarayonida aniqlanadi;

- alternativ funksiyali portlar (mul’tiplekslanadigan portlar).




- bu portlarni ayrim simlari MK ga o’rnatilgan periferiya qurilmalari

bilan bog’langan (taymerlar, ATSP, ketma-ket interfeyslar kontrollerlari);

-

kiritish-chiqarish



buferlarini

sxematexnikali

programmani

boshqaradigan portlar.

Portlar MK va asinxron ishlovchi boshqaruvchi ob’ektni ishlashini

vaqtincha moslash vazifasini bajaradi. MK va tashqi qurilmalarga kiritish-

chiqarish parallel portlari orqali ma’lumotlarni almashishini uch xil

algoritmi bor:

1. oddiy programmali kiritish-chiqarish rejimi;

2. strobli kiritish-chiqarish rejimi;

3. almashuvni to’liq tasdiqlaydigan qator signallarni kiritish-chiqarish

rejimi.



Afzalligi (darajasi) bo’yicha vaqtincha to’xtatuvchi 

qurilma


Ob’ektlarni ishlashini, datchiklardan kelayotgan ma’lumotlarni nazorat

qilish, qayta ishlashda, o’lchash asboblari ishlaganda qo’llnailadigan

asboblarni asosiy programmani bajarishini to’xtatib boshqa tegishli

boshqarish signallarini berish yo’li bilan har xil texnik harakatlarni bajarish

kerak bo’ladi. Asosiy programmani harakatini to’xtatish va uzishga o’tkazish

qism programmasiga xizmat qilish signaliga uzishga (to’xtatishga) so’rov yoki

xizmatga so’rov deyiladi. Uzishga so’rov manbasi bo’lib MP ning INT

kirishigaberiladigan asinxron so’rov signalini tashkil etadigan MP sistemani

har qanday kirituvchi-chiqaruvchi qurilmasi mumkin, haqiqiy sistemalarda

uzish so’rovini bir nechta manbalari mavjud.




Umuman

olganda


banbalar

bir-biriga

bog’liqsiz

o’zlarni


uzishga

(to’xtatishga) so’rovini ishlab chiqadilar. So’rovlar vaqt bo’yicha kesishishi

mumkin. Shuning uchun so’rovga xizmat qilish tartibini o’rnatish uchun har

bir manbaga uni ma’lumotchilik ahamiyati bo’yicha raqam (nomer) beriladi,

bu raqamni afzallik darajasi deyiladi. Bunday qurilmani afzalligi bo’yicha

uzuvchi (BPP) qurilma deyiladi.

Afzalligi bo’yicha to’xtatuvchi blokka, tanlangan qism programmasini

bajarilishiga xizmat qilishni ta’minlaydigan, MP sistemaga beriladigan

to’xtatish so’rovini aniqlash va tegishli boshqarish signallarini uzatish vazifasi

topshiriladi.

MPKIS Z.Pr kirishiga signal berish bilan to’xtatish so’rovi amalga oshiriladi.

Bu so’rovni qabul qilinganligini tasdig’i va unga xizmat qilishni boshlanishi

mikroEHM boshqarish magistraliga berilgan. OBPr (Prv) signali bilan

ko’rsatiladi.




To’xtatishni

boshlanishida

mikroEHM

buyruqlar

sanagichidan buyruqlar kodini chiqarib olish davriga (sikliga)

o’tadi va chiqarilgan kodni stekli ko’rsatkichga joylashtriladi.

To’xtatish bo’yicha beriladigan buyruq shunday bo’lishi kerakki,

mikroEHM uni bajarganda programmali sanagichni (buyruqlar

sanagichini) tarkibini stekda saqlasin, keyin esa to’xtatish qism

programmasiga xizmat qilishga o’tsin.

Qism programmasiga xizmat qilish tugagandan keyin RET

buyrug’i stekdan programmali sanagichni (buyruqlar sanagichini)

saqlanayotgan qiymatini qaytaradi va asosiy programmani

bajarilishini davom etadi.




To’xtatishni

boshlanishida

mikroEHM

buyruqlar

sanagichidan

buyruqlar kodini chiqarib olish davriga (sikliga) o’tadi va chiqarilgan

kodni stekli ko’rsatkichga joylashtriladi.

CALL buyrug’ini ikkita turi mavjud:

1. RESTART (RST) 

2. CALL  

RST  buyrug’i, boshqarishni belgilangan (mahkamlangan) xotira

adreslarning bittasiga beradigan bitta baytlidir.

CALL   uch baytlidir, uning birinchi baytida buyruqlar kodi

(CALL-CD16) joylashgan, ikiinchi va uchinchi baytlarida esa boshqarishni

uzatish adresi to’g’risidagi ma’lumot joylashgan. Ishlab chiqarishda bir

qancha afzalligi bo’yicha to’xtatuvchi qurilmalar KIS ko’rinishida ishlab



chiqilgan. Masalan, KR580VN59 KIS, K589IK14, KR580VT57 va boshqalar.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə