Qadimgi sparta mamlakatlarida taʼlim va tarbiya reja



Yüklə 56 Kb.
səhifə4/7
tarix20.06.2022
ölçüsü56 Kb.
#89810
1   2   3   4   5   6   7
QADIMGI SPARTA MAMLAKATLARIDA TAʼLIM VA TARBIYA

Yunon-Eron unishlari
1. Urushning boshlanish sabablari. Miloddan avvalgi VI asrning oxiri – V asrning boshlarida Misrdan Hindistongacha, Arab dengizidan Orol dengizigacha bo`lgan yerlarni bosib olgan Eron Sharqning eng qudratli davlatiga aylanadi. Eron podshosi Doro I Yunonistondagi shahar-davlatlarning orasidagi kelishmovchilikdan foydalanib Yunonistonni ham bosib olish taraddudiga kirishadi. Dastlab eroniylar Yunonistonning Qora, Marmar va Egey dengizi sohillari katta-kichik manzillarini va shahar-davlatlarini bosib oladilar. Natijada Yunonistonning Misr, Kichik Osiy va Qora dengiz ba`yiga boradigan asosiy yo`llar va bo`g`ozlar Eron ixtiyoriga o`tib ketadi. Endi eron shohlari oldida Yunonistonni bosib olish turardi.
2. Eroniylarning Yunonistonga birinchi yurishi va oqibatlari. Miloddan avvalgi 492-yili eron shohi Doro I kuyovi Mardoniy qo`mondonligi ostidagi katta qo`shinni Yunonistonga yuboradi. Eron qo`shinlarining bir qismi Gellespot bo`g`ozidan o`tib Frakiya orqali Bolqonga bostirib kira boshlaydilar. Eroniylarning harbiy dengiz kuchlari Frakiya dengizidan suzib borib Fasos orolini bosib olganlar. Frakiyaning jangovar qabilalari Xalkidika yarimoroliga yaqinlashib kelayotgan eron qo`shinlariga qattiq shikast yetkazganlar. Shu vaqtda Frakiya dengizida dahshatli bo`ron ko`tarilib, eron harbiy kemalarining ko`pi halokatga uchragan. Shundan keyin eron qo`shinlari Yunonistonga yetolmay, orqaga chekinishga majbur bo`lganlar. Doro I Yunoniston polislariga elchi yuborib, ularni Eronga tobe bo`lishlarini talab qilgan. Fessaliya, Beotiya va boshqa polislar Eronga tobe bo`lishga rozi bo`lganlar.
Afina bilan Sparta eroniylarning talablarini rad etganlar. Afinada eron elchilari qoyadan dengizga uloqtirilgan, Spartada esa yerni ham, suvni ham shu erdan olsinlar deb, elchini quduqqa tashlaganlar. Shu tariqa shahanshoh Doro I ning Yunonistonga uyushtirgan birinchi yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan.
3. Eroniylarning Yunonistonga ikkinchi yurishi. Miloddan avvalgi 490-yilda Doro I Yunonistonni bosib olish uchun ikkinchi yurishni boshlagan. Eronning Datis va Artafern qo`mondonligidagi harbiy-dengiz qb`shinlari Kilikiya qirg`oqlaridan suzib, Egey dengizi orqali Evbiya oroliga qo`shin tushirib, Eretriyani bosib olganlar. Datis esa o`z qo`shinlarini Afinadan 42 km shimoldagi Marafon manziliga tushirgan. Eron qo`shinlarining Marafonga tushganliklari haqidagi xabar Yunoniston bo`ylab tez tarqaladi. Yunonistonning ko`p polislaridagi aslzodalar dushmanga qarshi hech qanday chora ko`rmaydilar. Ammo Afina demosining ko`pchiligi vatan uchun kurashga otlanadilar. Afinada umumiy safarbarlik e`lon qilinadi.
Afinaning jangovar qo`shiniga Miltiad qo`mondonlik qilgan, u butun lashkarni jangovar tartibda saflagan. U ilgari Eronga qaram bo`lgan Frakiya Xersonesining tirani bo`lgan va eron armiyasida ham xizmat qilgan edi.
U qo`shinni saflar ekan, qo`shinning asosiy kuchini falanganing ikki yoniga to`plagan. U shiddat bilan o`z qo`shinlarini dushman ustiga bosib borishga undagan. Fors qo`shinlari afinaliklarga nisbatan ko`proq bo`lib, unda itoat ettirilgan xalqlarning vakillari ham bor edi. Qilich, qalqon, kamon, dubulg`a bilan qurollangan dushman ham jangga otlanadi. Marafon maydonida qirg`in-barot jangi boshlanib ketadi. Jang nihoyatda shiddatli bo`lib eroniylarning mag`lubiyati, afinaliklarning g`alabasi bilan tugaydi.
Afinaliklar dushman qo`shinlarini Egey dengizining sayozliklariga chekintirib, ularni o`sha yerda yakson qiladilar. Afinaliklar eroniylarning yetti kemasi va juda ko`p boyliklarini qo`lga tushiradilar.
Marafon maydonidagi g`alabani Afinaga yetkazish uchun bir chopar 42 kilometrlik masofani chopib, shahar ostonasiga kelib, «Quvoning, biz yengdik!» – deb xitob qilgan va yuragi yorilib jon bergan. Rivoyatlarga ko`ra «marafoncha» yugurish o`sha zamondan qolgan ekan.
Marafon mag`lubiyatidan so`ng eroniylar Afinaga hujum qilmoqchi bo`lganlar. Buni oldindan bilgan Miltiad yunon qo`shinlarining asosiy qismini Afinaga olib o`tib, kuchli mudofaa chizig`i hosil qilgan. Bu vaqtda Spartadan ham yordam yetib kelgan edi. Kuchli qirg`oq mudofaasini ko`rgan eroniylar vatanlariga qaytishga majbur bo`lganlar. Shu tariqa eroniylarning ikkinchi yurishi ham mag`lubiyat bilan tugagan.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə