11
1.9.
SCORM paketi
elementi bilan ishlash
Wiki
Wiki moduli Wiki ishtirokchilarga bog„langan veb-sahifalar to„plamini qo„shish va
tahrirlash imkonini beradi. Wiki qo„shma bo„lishi mumkin, har bir kishi uni tahrirlashi
mumkin yoki individual bo„lishi ham mumkin. Wikida har bir sahifaning oldingi
versiyalari tarixi saqlab qolinadi va har bir ishtirokchi tomonidan kiritilgan o„zgartirishlar
ro„yxatlanadi.
Wikidan, masalan, quyidagi maqsadlarda:
* ma‟ruzalar yoki darsliklarga guruh eslatmalarni yaratish;
* kafedra, fakultet a‟zolarining umumiy ishini rejalashtirish yoki kun tartibini muhokama
qilish uchun;
* talabalar tomonidan ularning ustozi bergan mavzu bo„yicha kitob yaratishda;
* birgalikda tarixlarni yozish yoki har bir ishtirokchi satr yoki juftlik yozadigan she‟rlar
yaratish uchun;
* tadqiqot yoki tuzatish yozuvlari uchun shaxsiy jurnal sifatida (shaxsiy Wiki ishlatiladi)
foydalanish mumkin.