Qo'shilgan qiymat solig'ining o'ziga xos xususiyatlari va davlat iqtisodiyotidagi o'rni



Yüklə 223,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.04.2022
ölçüsü223,31 Kb.
#85318
1   2   3   4   5
1052-Article Text-2262-1-10-20210226

Abstract:

 This article analyzes the specific features and essence of value added 

tax.  It  also  provides  information  on  the  role  and  nature  of  taxes,  VAT  in  the  state 

economy. 



Keywords:

  market  economy,  tax,  budget,  value  added,  commodity,  income, 

cost. 

 

Kirish 



Soliqlar  davlat  bozor  iqtisodiyotiga  ta'sir  ko'rsatadigan  iqtisodiy  vositalar 

qatorida  muhim  o'rin  tutadi.  Har  qanday  davlat  o'zining  bozor  iqtisodiyotida  salbiy 

halotlarning  oldini  olish  va  tartibga  solish  maqsadida  soliq  siyosatidan  keng 

foydalanadi.  O'tmishda  ham  va  bugungi  kunda  ham  soliqlar  jamiyatning  barcha 

ijtimoiy-iqtisodiy  sohalariga  kiradi.  Soliqlar  jamiyat  paydo  bo'lgan  paytdan  boshlab 

jamiyatdagi  iqtisodiy  munosabatlarning  zaruriy  bo'g'inidir.  Hech  bir  davlat  o'zini 

siyosiy  tashkiloti  sifatida  soliq  tushumisiz  amalga  oshira  olmaydi.  I.A.Mayburov 

yozganidek,  soliqlar  va  yig'imlar  har  qanday  davlatning  mavjudligining  asosidir. 

Soliqlar  bozor  sharoitida  iqtisodiyotni  boshqarish  uchun  kuchli  vositadir.  Soliqlar, 

K.Marks  va  F.Engels  ta'kidlaganidek,  jamiyatning  sinflarga  bo'linishi  va  davlatning 

paydo  bo'lishi  bilan  "fuqarolarning  davlat  hokimiyatini  qo'llab-quvvatlash  uchun 

zarur  bo'lgan  hissalari"  sifatida  paydo  bo'ldi.  Soliqlar  va  majburiy  to’lovlar  ta’rifi 

"Science and Education" Scientific Journal

February 2021 / Volume 2 Issue 2

www.openscience.uz

243



Soliq  Kodeksining  12-moddasida  bayon  qilingan.  Soliqlar  deganda,  muayyan 

miqdorlarda  undiriladigan,  qaytarib  berilmaydigan  va  beg'araz  xususiyatga  ega 

bo’lgan,  byudjetga  yo’naltiriladigan  majburiy  pul  to’lovlari  tushuniladi.  Moliyaviy 

manbalardan  yana  biri  boshqa  majburiy  to’lovlardir..  Bugungi  kunda  soliq  tizimi 

o'ziga  xos  vazifalarni  -  xazinani  to'ldirish,  qayta  taqsimlash  va  rag`batlantirish 

vazifalarini  to'la  darajada  bajarishi  zarur.  Soliqlarning  birinchi  vazifasi,  davlat 

byudjeti  daromad  qismining  eng  muhim  umumdavlat,  xalq  xo'jalik  vazifalarini  hal 

etish  uchun  zarur  bo'lgan  miqdorda  shakllanishini  ta`minlashga  qaratilishi  lozim. 

Uning  ikkinchi  vazifasi,  YaIMning  bir  qismini  qayta  taqsimlash  va  shu  orqali 

iqtisodiyot tuzilishini o'zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta`minlashda 

bevosita  ishtirok  etishdan  iborat.  Soliqlarning  uchinchi  vazifasi  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirishga,  moddiy  xom  ashyo,  moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan  samarali 

foydalanishga  rag`batlantiruvchi  ta`sir  ko'rsatishdir.  Soliqlar  undirish  usuliga  koʻra, 

toʻgʻri  va  egri  soliqlarga  boʻlinadi.  Toʻgʻri  soliq  molmulk  va  daromadga  bevosita 

joriy  qilinadi  va  soliq  toʻlovchi  tomonidan  oraliq  vositachilarsiz  toʻlanadi.  Keng 

tarqalgan  turlari:  qoʻshilgan  qiymat  soligʻi,  daromad  soligʻi,  meros  hamda  hadya 

soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksport/import soligʻi va boshqa Egri 

soliq  (aksizlar)  tovar  (xizmat)lar  narxlariga  yoki  tariflarga  kiritish  moʻljallangan  va 

keyinchalik  tovarlar  isteʼmolchilariga  yuklanadigan.  Soliq  davlat  tuzumi 

xususiyatlariga  koʻra,  soliq  tizimi  umumdavlat  (markaziy)  va  mahalliy  (maʼmuriy-

hududiy birliklar) soliq va yigʻimlardan tashkil topadi.  

Davlat budjetiga tavorlar  (xizmatlar, ishlar)ni  ishlab chiqarish, import qilish  va 

sotish  jarayaonida  yaratilgan  qo'shilgan  qiymatning  bir  qismini  o'tkazishdagi  vosita 

bu  qo'shilgan  qiymat  solig'idir.  Yurtboshimiz  Sh.Mirziyoyev  18-may  2020  yilgi 

“Koronavirus  pandemiyasi  davrida  aholi  va  tadbirkorlik  sub’ektlarini  qo‘llab-

quvvatlash  bo‘yicha  navbatdagi  chora-tadbirlar  to‘g‘risida"gi  farmonida  quyidagi 

fikrlarini bildirganlar ushbu soliq turi bo'yicha: “Umumbelgilangan soliq hisoblanishi 

va yuritilishida eng murakkab to‘lov turi bu qo‘shilgan qiymat solig‘idir. Bu borada 

yengillik  yaratish  uchun  uni  ikki  yil  mobaynida  bosqichma-bosqich  joriy  etishni 

rejalashtirganmiz”. Ko'rinib turibdiki, qo'shilgan qiymat solig'i eng murakkab to'lov 

turidir.  


Yüklə 223,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə