Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Reja



Yüklə 337,19 Kb.
səhifə15/65
tarix15.05.2022
ölçüsü337,19 Kb.
#87077
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706

4. Globallashtirish. Tashkilot yo’ldosh aloqa va Internet tarmog’idan foydalanib axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o’zaro muloqat qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo’ladi.

5. Konvergensiya. Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, Shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.

Shunday qilib, Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur tendensiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:

har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotlarni qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy(personal) hisoblashlarni amalga oshirish;

xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;

tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslaShuvchan global kommunikatsiyalarga ega bo’lishi;

elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;

tashkilot integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni bartaraf etish.


Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə