Reja: bmt haqida umumiy ma’lumot O’zbekiston Respublikasining bmtga a’zo bo’lishi



Yüklə 30,68 Kb.
səhifə7/7
tarix18.05.2022
ölçüsü30,68 Kb.
#87345
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbekistonning Bmtga a\'zo bo\'lishi va jahon jamiyatida o\'ziga xos o\'rni

Yaqin Sharqda…
Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab — Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy muammolar asosida kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boshqa tashabbuslarni ham qoʻllab-quvvatladi va bu mintaqaga qator tinchlik oʻrnatuvchi missiyalar joʻnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yilda tashkil etilgan birinchi harbiy kuzatuvchilari guruhi mintaqada bugungi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1956-yildagi Sues krizisi davrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻzining birinchi kuchlarini tashkil etdi.
Hozirgi paytda mintaqada tinchlikni barqaror etuvchi ikkita missiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 1974-yilda tashkil etilgan bittasi Golan tepaliklarida Isroil va Suriya qurolli kuchlarini ajratib turadigan mintaqani nazorat etadi; 1978-yilda tuzilgan ikkinchisi barqarorlikni taʼminlashga va Livanning janubiy qismida yashayotgan aholi himoya qilinishini taʼminlashga yordam beradi.
Yaqin Sharqning boshqa rayonlari haqida shuni aytish kerakki, 1991-yili Quvayt mustaqilligi tiklanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuvchilar missiyasi Iroq va Quvayt oʻrtasidagi qurolsizlantirilgan mintaqaning nazorat qilinishini taʼminlamoqda.
Yüklə 30,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə