uchinchi bosqichiga
kirdi.
Xususiylashtirish jarayonlarining
toʻrtinchi bosqichi
(1998-2003 yillar)ning asosiy
vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirish,
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini
oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini toʻlaqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish
tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari
birligi hamda oʻzaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi
kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur boʻlgan hayotiy ne’matlarni
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya,
energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni oʻzlashtirish va
tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy
hayotda qoʻllanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qoʻlida saqlanib turishi va
yaratilgan moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar
ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga oʻtishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk
shakllarining vujudga keltirilishi.
Dostları ilə paylaş: |