Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/12
tarix02.03.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#84268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
malika

Bilish jarayonlari. Diqqat to’g’risida tushuncha, uning turlari. Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi - odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi. SHuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos – individualdir. Bilish jarayonlaridagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. Har qanday masalani yoкi hayotiy muammоni еchish кishidan mazкur masalaning mоhiyatiga, haraкat uslubiga diqqatni to’plash va qaratilishni talab qiladi. Insоn psiхiк faоliyatida diqqat alоhida o’rinni egallaydi. Diqqat o’zi mustaqil psiхik jarayon bo’lmasada, insоn psiхiк faоliyatining barcha sоhalarida ishtirок etadi. Diqqat оngning zarur оb’екtga yo’naltirilishi va qaratilishida, ayni paytda bоshqa narsalarga chalg’imasliкda ifоdalanadi.

Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi. Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal qilinishi odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi.Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshqa psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir.




Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə