2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.
3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz?
5. Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga
qarab qanday turlarga
bo`linadi
12-MA’RUZA
MS Access dasturida ma’lumotlar omborini tashkil etish.
Reja:
1. Ma’lumotlar ombori.
2. Ma’lumotlar omborining turlari.
Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi vositalarining yangi sinfini tashkil
etadi. Ular axborotlarni qayta ishlashning yuqori kafolatlanishi, arzonligi,
ixchamligi,
turli amallarni bajara olishi, kam elektr quvvatini sarflashi bilan
ajralib turadi. Bu xususiyatlar kompyuterlar asosida keng vazifalarga
mo‘ljallangan avtomatlashgan ishchi joylari (AIJ) ni yaratish imkonini beradi.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini hosil qilish va ular bilan ishlash uchun
maxsus dasturlar yaratiladi. Keyingi yillarda chiqarilayotgan
kompyuterlarda
amal bajarish tezligining juda kattaligi (100 mlrd/s) va uning xotirasi
kengayganligi (40-60 Gb) katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar
omborini yaratish imkonini bermoqda.
Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi
ikkita omil mavjud: birinchi omil – qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar
(ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday
foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi
dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki
u haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab
bir-birdan jiddiy farq
qiladi. Bundan tashqari, har bir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab
chiqarilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori
uchun mo‘ljallangan dasturlar aaviapassajirlar ro‘yxatini
qayta ishlash uchun
umuman yaroqsizdir.
Ma’lumotlar omboridan foydalanishni tahlil qilish uchun quyidagi misolni
ko‘rib chiqamiz. Siz uchun kerak bo‘lgan biror ma’lumot (hodisa yoki holat
tahlili) berilgan darslikni yo‘q deylik. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u falon
muallifning kitobida mavjud va bu kitob siz o‘qiyotgan ta’lim kutubxonaga
borasiz (bu yerda kitob ma’lumotlar ombori sifatida namoyon bo‘ladi). Lekin siz
brogan paytdanoq kutubxona ma’muriyati kitobni (agar
u kitob kutubxonada
mavjud bo‘lsa) sizga bermaydi. Siz avval ana shu kutubxonadagi kitoblardan
erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz kerak. Buning uchun esa,
ma’muriyatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Ro‘yxatdan
o‘tganingizdan keyin sizga kutubxonadagi kitoblardan foydalanish imkoniyati
beriladi. Xuddi shuningdek, kompyuterdagi ma’lumotlar omboridan foydalanish
uchun ham maxsus dasturiy vositalarning majmui – ma’lumotlar
omborini
boshqarish tizimi yaratiladi.
Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va
bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi.
Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida
saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini
boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
Ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot
turidan qat’i nazar unga qulay ko‘rinishda javob berish.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi
talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish.
Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilgan ma’lumotlar
omborining qayta tiklanish qobiliyati.
Ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsat (sanksiyasiz)
foydalanishning cheklanganligi.
Ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir
vaqtda necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki
tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga bo‘lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan)
va paketli
dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini
tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalga oshirishni ta’minlaydi:
muammoli — yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
— oldin kiritilgan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
— murakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
— shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari boshqa vositalarni
yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan
ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word),
«Elektron jadvallar» va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi.
Keng tarqalganligi bo‘yicha «Ishchi grafiklar» tizimi va kommunikatsiya tizimlari
keyingi o‘rinda turadi.
Muayyan yo‘nalishdagi ma’lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar
tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularni foydalanuvchining
tizim bilan muloqoti
asosida ma’lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko‘riladigan tipik
vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.
Dostları ilə paylaş: