S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
MA’ruza matni

tarmoqlar 

deb yuritiladi. 

Qo'lda  qaziladigan  katta  suv  yo'li 

kanal 

yoki 


anhor

deb, kichik  sun'iy  suv  yo'li 



ariq, rud 

(ro'd) deb ataladi. 

Bu so'zlardan har biri Respublikamiz hududida bir qancha gidronimlar tarkibida 

uchraydi.  Masalan, 



nahr 

atamasi 


nar 

yoki 


nor 

shaklini  olgan.  Hozirgi  Samarqand 

viloyatidagi Zarafshon daryosidan boshlangan 

Narpay 

kanali o'rta asrlarda 



Nahri Fay 

deb  atalgan,  undan  sal  yuqoriroqdan  suv  oladigan  bir  kanal  hozir 



Payariq 

deb 


yuritiladi, bu – Nahri Fay gidronimining o'zbekcha shaklidir. 

Andijon  viloyatida 



Shahrixon 

soyidan  suv  oladigan 



Ulug'nor 

kanali  asli 



Ulug'nahr 

demakdir. 

Toponimistlar  gidronimlarni  eng  qadimiy  toponimlar  deb  baholashadi. 

Haqiqatdan  ham  shunday.  Masalan,  Amudaryo  bilan  Sirdaiyoning  qadimiy  nomlari 

har qanday osori atiqa yodgorliklarining yoshi bilan bellasha oladi. 

O'rta Osiyodagi eng yirik daryo – Amudaryo qadimgi yunon tarixchisi Gerodot 

(miloddan  avvalgi  V  asr)  asarlanda  Araks  deb,  keyinroq  (miloddan  avvalgi  I  asr  – 

milodning I asrida) o'tgan yunon tarixchilari asarlarida 



Oks 

(yoki Oksos) deb atalgan. 

Olimlar  ana  shu  Oks  (ba'zan  Akes)  Amudaryoning  qadimiy  turkiy  nomi  - 

O'kuz 

«daryo»  so'zining  o'zginasi  deb  hisoblaydi. 



Avesto 

va  boshqa  tarixiy  manbaalarda 

Amudaryoning 

Arang,  Raxa,  Ranxa,  Aranxa 

degan  qadirnry  nomlari  ham  uchraydi. 

Arablar  uni  Jayxiin  «jo'shqin  (daryo)»  deb  atashgan.  Jayxun  yahudiylarning 

muqaddas kitobi «Tavrot»da tilga olingan Jixon daryosiga nisbat berib atalgan, degan 

fikr ham bor. 

Rus  olimi  V.V.Bartold  arablar  Jayxun  bilan  Sayxun  (Sirdaryo)  nomlarini 

Shimoliy Suriyadagi Jayxon va Sayxon daryolari nomlari bilan atashgan bo'lsa kerak 

deydi.  O'rta  asr  tarixchisi  Gardiziy  «Jayxun  har  qanday  katta  daryoni  bildiradigan 

turdosh  ot»  degan  edi.  Bu  to'g'ri  fikrga  o'xshaydi.  Masalan,  Zarafshondan  tarqalib, 

Buxoro  shahrini  suv  bilan  ta'minlab  turgan 



Shahrud 

(Shohrud  emas)  –  «rudi  shahri 

Buxoro»  ning  qisqartirilgan  shakli.  Aslida  Shahrud  («shaharga  -  suv  beradigan 

anhor»)  ning  quyi  qismi  Jayxun  deb  atalgan.  Shahrud  kanalidagi  uchta  to'g'on 

boshining biri ham Jayxun deyilgan. 

Amudaryoning qadimiy eroniy nomi Vaxsh (Vaxshob) bo'lgan. Daryoning yirik 

irmoqlaridan  biri  hozir  ham  Vaxsh  deb  ataladi.  Abu  Rayhon  Beruniy  Vaxsh 

xorazmliklarda  suv  parisi  –  malak  nomi  deb  yozgan.  Professor  H.Hasanov 




ma'lumotlariga  qaraganda,  Pokistonda  Amudaryoni  hozir  ham 

Vakshu-nada 

deb 


atashar ekan. O'rta Osiyoda 

Vaxsh, Vaxshivar, Vaxshivardara 

degan bir nechta joylar 

bor. 

Amudaryoning  hozirgi  nomi  O'rta  asrlarda  mavjud  bo'lgan  Omul  (Omuy, 



Omuyya) shahri (hozirgi Chorjo'y) nomidan olingan deyishadi. Shahar daryodan nom 

olgan bo'lishi ham mumkin. Akademik V.V.Bartold «Bu so'z ariylardan ham oldingi 

amard xalqi nomidan kelib chiqqan bo'lsa kerak» degan farazni oidinga suradi. 

Tarixiy manbalarda Amudaryoning 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə