Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimlari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə36/104
tarix13.03.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#84468
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
Mehmonxona servis xiz!

Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimlari

Mehmonxona turli-tuman muhandislik uskunalari bilan jihozlanadi. Ularni ishlaydigan holatda saqlash tegishli texnologiyalar yordamida ta’minlanadi. Bunda xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi kerak. Har xil shovqinlar, tebranishlar, yetarli bo‘lmagan yoki keragidan ortiq yoritish, issiqlik, namlik, binoda zararli moddalarning mavjudligi xodimlar va mijozlar sog‘lig‘iga ziyon yetkazadi.

Vodoprovod tarmog‘i mehmonxona binosini ichimlik suvi va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv bilan ta’minlaydi. Ifloslangan suv kanalizatsiya sistemasiga tushib, oqib ketadi. Mehmonxonalar sovuq suv, issiq suv va yong‘inni o‘chirish uchun suv bilan ta’minlanadi.

Mehmonxonalarga keluvchi suvning sifati va harorati mamlakat standarti talablariga mos kelishi kerak.

Suv sarfi sovuq va issiq suv bilan ta’minlash sistemalari uchun alohida hisoblanadi. Bitta mijozga bir kunda 300 litrgacha suv sarfi to‘g‘ri kelishi mumkin. Amaldagi suv sarfi shuningdek suv olish joylari (nomer fondi, kirxona, sauna, basseyn va b.)dagi suv sarfi bilan ham tavsiflanadi.

Mehmonxonalarni isitish uchun suv, bug‘ yoki havo bilan isitish har xil sistemalari qo‘llanadi. Tabiiy va mexanik ventilyatsiya yo‘li bilan mehmonxona xonalaridagi ifloslangan havo chiqarib yuboriladi va toza havo kiritiladi. Mehmonxonalarda havoni allergenlar va iflosliklardan tozalash, ichki iqlimni tartibga solish texnologiyalari qo‘llaniladi.

Yoritish, isitish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarda elektr energiya sarflanadi. Elektr ta’minoti tizimida ikkita alohida sxema – asosiy manbadan va zaxira manbadan tok bilan ta’minlash sxemalari nazarda tutiladi.

Yong‘in signalizatsiyasi sistemasi harajatlari tunash qiymatining 1% ni tashkil qiladi. Mehmonxonada yong‘in chiqishi sabablari xilma-xil: chekuvchilar (22,5%), elektr jihozlarning nosozligi (19,7%), texnikaning nosozligi (18%), oshxonada yong‘in chiqishi (16,3%).

Chet elda o‘tkazilgan tadqiqotlar yirik mehmonxonalarning atigi 26% da xonalarni yong‘indan himoyalash tadbirlari to‘la, 25% da esa - qisman bajarilishini ko‘rsatdi. O‘rtacha sig‘imli mehmonxonalar uchun ushbu ko‘rsatkich tegishincha 11 va 12% ni tashkil etadi. Yirik va o‘rta mehmonxonalar uchun yong‘in signalizatsiyasi avtomatlashtirilgan sistemasi yong‘in haqida ogoh etuvchi birdan-bir ishonchli vosita hisoblanadi.

Mehmonxonaning yong‘in signalizatsiyasi sistemasini yarim avtonom tarzda tashkil qilish tavsiya etiladi. Markazlashtirilgan qo‘riqlash pultiga naqd pullarni vaqtinchalik saqlash xonalari, kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida o‘rnatilgan signalizatsiya kichik sistemasi haqida axborot keladi. qolgan barcha xonalar uchun avtonom signalizatsiya sistemasi amal qiladi.

Mehmonxonaga xabar berish sistemasi ko‘p maqsadli audiosistema shaklida bo‘ladi. Sistema funksiyalariga quyidagilar kiradi: yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida xodimlarga xabar berish; mikrofon orqali axborot berish yoki oldindan yozilgan axborotni eshittirish; yangiliklar va radiodasturlarni translyatsiya qilish.

Mehmonxonalarning televizion sistemalari vazifasiga qarab kuzatish, qo‘riqlash, axborot sistemalariga tasniflanadi. Televizion kuzatish sistemasi mehmonxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlarini nazorat qilish imkonini beradi.

Mehmonxonaning mahalliy hisoblash tarmog‘i biznes markazi va alohida xizmatlarni (ayniqsa, joylashtirish xizmatini) qo‘llab-quvvatlash hisoblash tarmog‘idan tashkil topadi. Mehmonxonaning hisoblash tarmog‘i nomerlarni rezervlash va chiptalarni bronlash uchun mehmonxonalarning tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə