Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə15/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

1. Gomopolimer va geteropolimer tushunchalarini izohlang.

  1. Uglevodlar va ularning guruhlarini aytib bering.

  2. Uglevodlarning funksiyalarini aytib bering.

  3. Lipidlar va ularning guruhlarini aytib bering.


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Uglevodlarning xususiyatlariga mos ravishda tegishli raqamlarni yozing. 1) riboza; 2) dezoksiriboza; 3) glukoza; 4) fruktoza; 5) saxaroza; 6) maltoza; 7) laktoza; 8) kraxmal; 9) glikogen; 10) kletchatka.


Uglevodlarning xususiyatlari

Raqam

Uglevodlarning xususiyatlari

Raqam

RNK nukleotidlarning tarkibida bo‘ladi




DNK nukleotidlarining tarkibida bo‘ladi




Mevalarda, nektarlarda, asalda bo‘ladi




Meva shakari




Hayvon kraxmali




Miqdor jihatdan organik moddalar orasida birinchi o‘rinda turadi




Sut shakari




Don shakari




Jigarda zaxira sifatida to‘planadi




Hujayralarning asosiy energiya manbayi




Ptialin, amilaza fermentlari ta’sirida parchalanadi




Kraxmal, glikogen, sellulozaning monomeri




Uzum shakari, qon qandi




Tamaki mozaikasi virusida bo‘ladi




Saxaroza, maltoza va laktoza tarkibida bo‘ladi




ATF tarkibida bo‘ladi




Yod ta’sirida ko‘k rangga kiradi




Qand lavlagi shakari




Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi______________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________

Sana:________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
6- Mavzu: Oqsillar va nuklein kislotalar. 6 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga oqsillar va nukein kislotalar haqida umumiy ma`lumotlar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3

II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:

Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» - birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq.

Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir.

Aminokislotalar.Aminokislotalar kichik molekulali organik birik­malar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta’minlanadi.

Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan ikki qismdan, aminoguruh (- NH2) va karboksil guruh (- COOH) va har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan qism- radikaldan iborat. O‘simliklar va ko‘pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokis­lotalar tabiatda uchraydigan boshqa mod- dalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari) mavjud emas. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyiladi.

Oqsillarning tuzilishi. Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib birikadi (2-rasm). Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb ham yuritiladi.Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsiltarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga tengdeb olish mumkin




2-rasm.Aminokislotalarningo`zarobirikishi

Oqsilmolekulasidaaminokislotalarningjoylashishtartibi, turningozgarmasxossasibolib, oqsilsintezivaqtidaDNKdagiirsiyaxborotasosidatuziladi. Harbiroqsilmolekulasiozigaxostuzilishgaega.Organizmninghujayralaridagioqsillar (fermentlar, gormonlar) birxilfunksiyanibajarishigaqaramayaminokislotalartarkibiboyichaozarofarqqiladi. Turlarbir-biridankelibchiqishijihatidanqanchauzoqbolsa, ularningoqsillariorasidagifarqhamshunchalikkattaboladi.

Oqsil molekulasining tuzilish darajalari

Oqsillarning

tuzilmasi

Strukturani tutib turuvchi bog‘lar

Xususiyati

Misollar

Birlamchi

tuzilma

Qo‘shni amino­kislotalarning amino va karboksil guruhlari orasidagi peptid bog‘lar

Oqsil molekulasida aminokislotalarning birin- ketin joylashish tartibi bilan belgilanadi

Insulin

Ikkilamchi

tuzilma

Spiral qo‘shni o‘ramlari orasidagi vodorod bog‘lar

Polipeptid zanjirining spiral shakli bilan belgilanadi

Kollagen,

keratin

Uchlamchi

tuzilma

Vodorod, ion, disulfid, gidrofob bog‘lar

Spiral shakldagi polipeptid globula shaklini hosil qilishi bilan belgilanadi

Mioglobin,

fermentlar

To‘rtlamchi

tuzilma

Vodorod, ion, disulfid, gidrofob bog‘lar

Bir necha globula shaklidagi polipeptid molekulalarining (subbirlik) birikishi bilan belgilanadi

Gemoglobin


Fermentativ funksiya. Fermentlar plas­tik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir ferment ma’lum bir modda (substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi.

Transport funksiyasi. Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz hayvonlar qonida gemosianin, muskul to‘qimasida mioglobin O2 va CO2ning transportini, qon plazmasi oqsili - albumin lipidlar, yog‘ kislotalari va boshqa biologik faol moddalar transportini ta’minlaydi. Hujayra membranasi oqsillari esa membrana orqali moddalarni o‘tkazish vazifasini bajaradi.

Himoya funksiyasi.Antitana, antitoksin, interferon oqsillari organizmni yot moddalardan himoya qiladi. Qon tarkibidagi immunnoglobulin oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni taniydi, zararsizlantiradi. Qon plazmasi tarkibidagi fibrinogen, trombin oqsillari qonning ivishini ta’minlaydi.

Toksin (zahar) funksiyasi.Ayrim hayvonlar o‘zini dushmandan himoya qilish uchun maxsus zaharlar ishlab chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham oqsil tabiatga ega

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?

  2. Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering.

  3. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang.

  4. Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.

  5. Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat?

  6. Dezoksiribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibi haqida nimalarni bilasiz.

  7. Ribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibini izohlang.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

1-topshiriq.DNK va RNKning umumiy jihatlari va farqlarini aniqlab, diagrammada aks ettiring

2-topshiriq.Jadvalni to‘ldiring.


Xususiyatlari

DNK

RNK

Hujayrada uchrashi







Funksiyasi







Polipeptid zanjiri







Uglevodlari







Purin asoslari







Pirimidin asoslari








Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________

Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
7- Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. Nazorat ishi-1

I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilar olgan bilimlarini nazorat qilish

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Mavzu:Hayotning molekula darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar

Nazorat shakli:Test topshiriqlari.
1.”Biologiya” atamasini qaysi olimlar fanga kiritgan?

1.K.Timeryazyev 2.J.Lamark 3.I.Ivanov 4.G. Trivinarus 5.S. Karpechenko

A.2,4 B. 1,3, C.3,5 D.4,5

2.Mikroorganizmlarni o`rganuvchi biologiya fanining tarmog`i.

A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya

3.Suv hayvonlari va o`simliklari ularning muhitga moslanuvchanlik belgilarini biologiyaning qaysi tarmog`I o`rganadi? A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya

4.Hujayra nazariyasi, biogenetic qonun kabi qonunlar qaysi metod yordamida kashf etilgan?

A.kuzatish metodi B. taqqoslash metodi C.tarixiy metod D.modellashtirish

5. Biologiya fani oldida turgan muommolardan biri.

A.dunyo aholisi sonini tartibga solish. B. qizilcha kasalligiga vaksina yaratish

C.aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash D.hayvonlar va o`simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish

6.Tirik organizmga xos bo`lgan hayotiy jarayonlar qayerda sodir bo`ladi8?

A.to`qimalarda B. hujayralarda C.organlarda C. organism darajasida

7.Morfofiziologiyk, genetic, ekologik jihatdan o`xshash individlar yig`indisi…

A.biogeo sinoz B. ekologik tizim C.populatsiya D.ekosistema

8.Hayotning yerdagi barcha tiriklikning darajasi nima?

A.biosfera B. evolyutsiya C.ekosistema D.ekotizim

9. Makromolekulalarning noyob tuzilishi xususiyati, ularning bajaradigan qanday vazifalari bor?

A.ekologik B. biologik C.kimyoviy D.fiziologik

10.Oqsillarning monomeri:



A.aminokislota B. nukleotid C.monosaxarid D.lipid
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _______________________
Foydalanilgan adabiyotlar: 10-sinf darsligi vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________


Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
8- Mavzu: Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. 7 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə