Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsiyaon jarayonlarni moliyalash usullari va tamoyillari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
innovatsion iqtisodiyot

6.3 Innovatsiyaon jarayonlarni moliyalash usullari va tamoyillari. 

Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib horijiy investitsiyalarni jalb qilishga  talab va ehtiyojlarni  

ortib  borishi  hududlarda  investitsiya  siyosatini  bozor  munosabatlariga  mos  ravishda  amalga 

oshirish,  ya‘ni  investitsiya  jarayoni  qatnashchilarining  huquq  va  majburiyatlarini  belgilab  

berish, hududlarda investorlar uchun to‗laqonli  shart-sharoitlar yaratishni talab qiladi. Hududlar 

iqtisodiyotiga  katta  miqdorda  horijiy  investitsiyalarning  jalb  qilinishi  iqtisodiyotni 

modernizatsiya  qilish,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‗rsatish  sohalarini  zamonaviy  texnikalar 

bilan  ta‘minlash,  raqobatbardosh  va  jahon  standartlariga  mos  sifatli  tovarlar  ishlab  chiqarish, 

aholining bandlik darajasini oshirish, eng asosiysi hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini 

ta‘minlash  imkonini  beradi.  Bunga  erishish  uchun  hududlarda    qulay  investitsion  muhitni 

yaratish kerak. 

O‗zbekiston  Respublikasida  qulay  investitsion  muhitni  yaratish,  mamlakat  iqtisodiyotini 

muhim sohalarini rivojlantirish bo‗yicha qabul qilingan uzoq va o‗rta muddatli davlat dasturlari 

muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 



Inqirozga  qarshi  choralar  dasturini  amalga  oshirishda  investitsiyalarni  jalb  etish,  avvalo, 

ichki  manbalarni  safarbar  etish  hisobidan  iqtisodiyotimizning  muhim  tarmoqlarini  jadal 

modernizasiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash,  transport  kommunikasiyalarini 

yanada  rivojlantirish  va  ijtimoiy  infratuzilma  ob‘ektlarini  barpo  etish  hal  qiluvchi  ustuvor 

yo‗nalishga aylandi. 

Turkmanistondan O‗zbekiston hududi orsali Xitoyga o‗tadigan gaz quvurini tortish ishlari 

yakunlandi. Bu o‗z navbatida, mamlakatimizning tranzit imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 

Endigi  vazifa  xorijiy  investitsiyalar  uchun  real  investitsion  muhitni  yaratish,  davlat 

hokimiyat  organlarida  byurokratiya  va  sansolarlikka  chek  qo‗yish,  xorijiy  investitsiyalarni, 

birinchi  navbatda,  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  investitsiyalarni  jalb    etish  ishlarini  barcha  choralar  bilan 

kuchaytirish lozim. 

Xorijiy  investorlar  O‗zbekiston  mintaqalariga    sarmoya  kiritish  uchun    mavjud  bo‗lgan 

imkoniyatlar, shuningdek, investorlar uchun yaratilgan har tomonlama keng, qulay shart-sharoit  

va kafolatlar bo‗yicha zarur, kerakli ma‘lumotga ega bo‗lishlari muhim  ahamiyatga egadir. 

O‗zbekiston  iqtisodiyotiga  kirib  kelayotgan  xorijiy  investitsiyalar  oqimini  yanada 

kengaytirish,  xorijiy  investorlarga    aniq    ma‘lumotlar  berish,  mahalliy  tadbirkorlarga  xorijdagi 

potensial  investorlar  haqida  ma‘lumot  berish  ularga  ko‗maklashish  maqsadida  tashqi  iqtisodiy 

aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligi    huzurida  ―Xorijiy  investitsiyalarni  axborot  bilan 

ta‘minlash va ko‗maklashish agentligi‖ tashkil etildi. Ana shu agentlikning  faol faoliyat yuritishi 

mamlakatimiz  hududlariga    xorijiy  investitsiyalar  oqimining    yanada  oshishida  ulkan  ko‗mak 

bo‗ladi. 

Innovatsiyalarni  moliyalashning  manbaalari.  Innovatsiyalarni  moliyalash  turlari  va 

shakllari.  Venchur  fondlari  tomonidan  moliyalash.  Korporativ  boshqaruvga  asoslangan 

korxonalarda  innovatsiyaon  jarayonlarni  amalga  oshirishning  o‗ziga  xos  xususiyatlari. 

Innovatsion  jarayonlarni  moliyalashning  mexanizmlari.  Innovatsiyaon  jarayonlarni  moliyalash 

usullari va tamoyillari. Innovatsiyalarni moliyalashning xorijiy tajribalari.  

 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə