Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalar tasnifi



Yüklə 178,74 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü178,74 Kb.
#159947
1   2   3   4   5
Ma’ruza №4

IV sinf – himoyalangan sanoatlashtirilgan PM bo’lib, foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olish, ko’mir va tog’ jinsi hamda slanstli chang va metanli gazdan tashkil topgan zaboylarda, metan gaziga nisbatan o’ta xavfli zaboylardan tashqari shaxtalarda hamda er osti kon laximlarini o’tishdagi tebratuvchi portlatish ishlarida qo’llaniladi. Bunga asosan Ammonit PJV-20 va Ammonit T-19 rusumli PM lar kiradi.
V-sinf – himoyalangan sanoatlashtirilgan PM lar kirib, metanga xavfli ko’mir va tog’ jinslarini er osti usulida qazib olishda ishlatiladi. Bunga asosan nitroglisterindan tashkil topgan (Uglinit E-6,Uglinit №5) PM lar va polietilin qoboig’iga joylashtirilgan (PVP-1-U va PVP-1-A) patron shaklidagi PM lar kiradi.
VI sinf - himoyalangan sanoatlashtirilgan PM lar kirib, metanga o’ta xavfli ko’mir va tog’ jinslarini er osti usulida qazib olish ishlarida ishlatiladi. Bunga asosan polietilen qobig’i joylashgan SP-1 patroni kiradi.
VII sinf - himoyalangan sanoatlashtirilgan PM lar kirib, ular foydali qazilmalarni er osti usulining maxsus portlatish ishlarida keng qo’llaniladi.
VIII sinf – himoyalanmagan va himoyalangan sanoatlashtirilgan PM lar kirib, ular maxsus portlatish ishlari uchun, metan gazi va ko’mir changidan tashkil bo’lgan xavfli konstentrastiyalik yig’iladigan er osti kon laximlaridan tashqari, tog jinslarini maydalash ishlarida keng qo’llaniladi


Sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarga qo’yilgan asosiy talablar
Sanoatlashtirilgan PM larga qo’yiladigan asosiy talablar:
1. Salbiy muvozanatli kislorod balansidan tashkil topgan PM lardan foydalanishni kamaytirish;
2. PM lar yaxshi sochuvchanlikga, kam yopishqoqlikka va to’kish paytidagi kam changlanishga hamda mexanik ta’sir paytidagi kam sezuvchanlikka ega bo’lgan taqdirdagina portlatish ishlarini mexanizastiyalash va mexnat unumdorligini oshirishga erishiladi.
3. Agar sanoatlashtirilgan PM ning asosiy massasi yuqori bo’lmagan portlatishning nisbiy haroratiga (4000 kDj/kg) ega bo’lgan taqdirda ham, tog’ jinsining maydalanish tannarxi baland bo’lmaydi.
4. Suvga mustahkam tog’ jinslarini portlatish uchun 50% dan ortiq suvga mustahkam PM ishlatilishi, zichligi 1kg/m3 dan oshiq bo’lishi va uning to’liq suvga cho’kishi hamda turg’un detonastiyalashga erishilishi lozim;
5. Yirik karerlarda zichligi 1,3-1,5 g/m3, suvga to’yingan PM larni mahalliy sharoitda tayyorlanishini ta’minlash;
6. Katta bo’lmagan ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lmagan kichik karerlarda, yiliga 100-1000 t portlovchi moda sarflanadigan kon ishlarida, faqat zavod sharoitida ishlab chiqarilgan PM larni qo’llash.



Yüklə 178,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə