|
Shaxs faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiya va ularni boshqarish. RejaKo`nikma va malakalar. Ularning shakllanish qonuniyatlari
|
səhifə | 7/12 | tarix | 20.05.2023 | ölçüsü | 47,57 Kb. | | #111627 |
| Shaxs faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiya va ularni boshqariKo`nikma va malakalar. Ularning shakllanish qonuniyatlari. Malakalar biron ish – xarakatning mustaxkamlangan va avtomatlashgan yul va usullari bo`lib, bu yul va usullar, odatda murakkab ongli faoliyatni bajarishda kullanadi.
Malakalar avtomatlashgan xarakatlar sifatida ukish jarayonida ham, inson faoliyatining barcha turlarida ham katta ahamiyatga egadir. Malakalar maxsus zo`r berishsiz hamda ongli xarakatlarga nisbatan tez sodir bo`lishi tufayli, faoliyatning ayrim turlari va murakkab ko`nikmarlarning amalga oshirilishini yengillashtiradi.
Mashq-ko`nikma hamda kerakli usul va xarakatlarni mustaxkamlash va takomillashtirish maqsadida ularni Ko`p marta takrorlashdir. Mashq jarayonida harakatlar faqat mustaxkamlanibgina kolmay, balki o`zgaradi va aniq, tez hamda puxta bajariladigan bo`ladi.
Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham, uning ayrim tomonlariga ham karatilgan bo`ladi. Bunda xarakatlarning tugri bajarilayotganligi, asosan, ko`z bilan nazorat qilinadi.
Kishining malakasi ongli ravishda avtomatlashtirilgan harakat sifatida hosil bo`ladi. U harakatni bajarishning avtomatlashtirilgan usuli tarzida amalga oshiriladi. Uning roli ongni harakat usullarini bajarilishini nazorat qilishdan xoli qilishdan va uni harakatning maqsadi hamda shart-sharoitlarini idrok etishga yo`naltirishdan iboratdir. Bu jarayonning asosiy bosqichlarini quyidagi sxemada ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|