Specific pecularities of somatic phraseological units in german and uzbek languages


НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix03.02.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#83396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SPECIFIC PECULARITIES OF SOMATIC PHRASEOLOGICAL UNITS IN GERMAN

НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон

 

304 



 

 

sur’atlar  bilan  rivojlanishi  va  ko‘plab  frazeolog mutaxassislarning  yetishib  chiqqanligi  



bilan  xarakterlanadi [2].  

Hozirgi  kunga  qadar  qator  tillar,  jumladan,  ingliz,  nemis,  fransuz  tillari  doirasida 

somatik  iboralarni  yoritish  maqsadida  salmoqli  ishlar  amalga  oshirilganligini  ta’kidlash 

lozim.  Lekin  til  tizimlar  yig’indisi  hisoblanadiki,  natijada  u  boshqa  tillar  bilan  ham 

qiyoslab  o’rganilishi  lozim.  Nemis  va  o’zbek  tillaridagi  somatik  frazeologizmlar 

morfologik-sintaktik  hamda  leksik-semantik  jihatdan  chuqur  qiyoslab  o’rganilmagan 

bo’lsada, bu borada amalga oshirilgan ishlar umuman mavjud emas deya olmaymiz.  

Hozirgi  o’zbek  frazeografiyasida  ko’p  tilli  qiyosiy  va  chog‘ishtirma  lug’at  - 

“nemischa-ruscha-o’zbekcha  frazeologik  lug’at”  yaratilgan.  Bu  asar  nemis  va  o’zbek 

tillarida  yozilgan  qisqacha  so’z  boshi,  shartli  qisqartmalar  va  lug’at  qismlarini  o’z  ichiga 

oladi. “O‘quv frazeologik lug‘atda berilgan har bir nemis tilidagi turg‘un  so‘z  birikmasi  

avval  o‘sha    tilda    talqin  qilingan,    so‘ngra  uning  o‘zbek  va  rus  tillaridagi  mos  keluvchi 

muqobil  tarjimalari  berilgan.  Ayrim  ko‘p    ma’noli    frazeologizmlarning    ma’nosi  har 

uchala tilda ham berilgan.”[3]. 

Mazkur  lug’atda  somatik  iboralarning  soni  ham  salmoqli  ekanligini  ko’rishimiz 

mumkin. “So’z boshi”da qayd qilinishicha,  bu lug’atga uchala tilga  doir bo’lgan 700 dan 

ortiq turli xil tuzilishga ega bo’lgan turg’un so’z birikmalari kiritilgan. O’rganish natijalari 

shuni  ko’rsatdiki,  shulardan  160  tasi  (23%)  somatik  frazeologik  birliklardir:  der  Arm  (3), 

das  Auge  (8),  der  Bart  (2),  das  Bein  (6),  der  Blut  (1),  die  Brust  (1),  der  Daumen  (3),  die 

Faust (3), die Ferse (1), der Finger (6), der Fuß (6), das Genick (1), das Gesicht (2), das Haar 

(5), der Hals (6), die Hand (13), die Haut (1), das Herz (12), die Kehle (1), das Knie (1), der 

Kopf (21), die Leber (1), der Magen (1), der Mund/ das Maul (16), der Nagel (2), die Nase 

(12), das Ohr (14), der Rücken (3), der Schoß (3), die Schulter (3), der Zahn (2).    

Ikki  tilning  frazeologiyasini  qiyoslash  ahamiyatini  yoritib  berish  uchun  ushbu 

sohani  tadqiq  etgan  olimlar  o'z  tushunchalarini  ilgari  surganlar.  Mazkur  tushuncha 

“konfrontativ  frazeologiya”  deb  ataladi  va  Flaysher  tomonidan  quyidagicha  ta’riflanadi: 

“Uning  vazifasi  ikki  yoki  bir  nechta  tillarning  frazeologik  tizimlarini  qiyosiy  jihatdan 

o’rganish  hamda  farqli  va  o’xshash  jihatlarini  ishlab  chiqishdan  iboratdir”.  Demak, 

bizning maqoladagi maqsadimiz nemis va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning 

o’xshash  va  farqli  jihatlarni  aniqlash,  tadqiq  qilishdan,  shuningdek,  bu  orqali 

frazeologizmlar bilan yaqinroq tanishishda shunchaki bir hissa qo’shishdan iboratdir.  

Mazkur  ish  somatik  frazeologizmlarga  bag‘ishlanadi.  Nemis  tilidagi 



große  Augen 

machen  „

hayratlanmoq



“,  jmdm.  schöne  Augen machen

  „biror  kishi  bilan  ko’z  urishtirmoq“, 



die  Augen  für  immer  schließen  „

vafot  etmoq



“,  das  Gesicht  verlieren 

„biror  bir  kutilmagan 

qilmishidan  keyin  uyalib  qolmoq,  hurmatini  yo’qotmoq,  yuzi  shuvut  bo‘lmoq“, 

Daumen/Däumchen drehen „

hech narsa qilmaslik va zerikmoq



“, kalte Füße bekommen/kriegen

 

„biror narsadan qattiq qayg’uga tushib yoki qo’rqib tashvishga tushmoq; qotib qolmoq“, 



jmdm. werden die Knie weich 

„kimningdir qattiq qo’rquvga tushishi“, 



ein Haar in der Suppe 

finden

  „juda  yaxshi  narsani  ham  tanqid  qilish  va  undan  kamchilik  topishga  harakat 

qilmoq;  qildan  qiyiq  axtarmoq;  tirnoq  ostidan  kir  qidirmoq“  iboralari  hamda  o’zbek 

tilidagi 



mustaqil  bo’lmoq,  oyoqqa  turmoq

  (ww.  sich  auf  eigene  Füße  stellen)  „ortiq 

boshqalarning moliyaviy ko’magiga muhtoj bo‘lmaslik“, 

yuragi tushmoq

 (ww. jmds. Herz 





Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə