Induktsiya mexanizmi
Boshqaruvchi gen muhim oqsil-repessorning sintezini ta’minlaydi. Operatorlik qiluvchi gen operonning struktura genlarining ishini boshqaradi. Agar u gen erkin bo’lsa, struktur genlari ishlaydi yoki repressor bilan bog’langan bo’lsa struktur genlarning ishi to’xtaydi oqsil sintezini boshqarishda P-promotor geni rol o’ynaydi. Promotor gen murakkab tuzilgan, 2 qismdan iborat. Struktur va boshqaruv genlar DNK molekulasining turli qismida joylashganligiga qaramay ular oraliq modda – repressor yordamida bir-biri bilan bog’langan. Repressor boshqaruvchi genda mRNK matrisasida yadroda hosil bo’ladi. Repressor operatorga yaqin bo’lib, u bilan birikib, qaytalama kompleks hosil bo’ladi. Bunday kompleks mRNK sintezini buzadi, natijada oqsil sintezi ham buziladi.
Repressorning ya’na bir xususiyati- induktor bilan birikkanda, boshqaruvchi gen bilan birikishi yo’qoladi, natijada boshqaruvchi gen nazoratidan chiqadi va mRNK sintezi boshlanadi. Induktor oqsil-repressor bilan birikish oqibatida repressor molekulasining 3-lamchi strukturasini o’zgartiradi va u boshqaruvchi gen bilan birikish xususiyatini yo’qotadi. laktoza operoni misolida transkriptsiya boshqarilishini ko’rib chiqamiz. laktozani parchalovchi 3 ta ferment
- galaktozidaza,
-galaktozidpermeaza (laktoza permiazasi),
-galaktozidatsetilaza (tiogalaktozidtrasatsetilaza) qurilishi haqida axborot saqlaydi.
Hujayraga tushgan laktoza – induktor hisoblanadi. U laktoza operonining repressori bilan birikib, operator bilan bog’lana olmaydigan – nofaol holatga o’tkazadi.
Nofaol repressor hosil bo’lishi RNK-polimerazani P-promotorga birikishi uchun halaqit bermaydi. Transkriptsiya amalga oshishi uchun RNK-polimerazani promotorga birikishini sAMF boshqaradi. sAMF RNK polimerazani faolligini oshiradi. sAMF maxsus oqsil bilan bog’lanadi. Bu oqsil – (BAKg) – KgFO katabolik genni faollovchi oqsil kerak bo’ladi. Promotor 2 qismdan iborat – promotorning bir qismiga RNK-polimeraza bog’langan, RNK-polimeraza bog’langan joyni yaqin qismiga ya’ni promotorning ikkinchi qismiga [sAMF KgFO] kompleksi birikadi. Polimeraza struktur genlarning ishini-transkriptsiyasini tezlashtirib, induktsiya jarayoni ketadi. Shu vaqitda ribosomalar bilan mRNK birikib oqsilli laktoza katabolizmi uchun zarur bo’lgan oqsil sintezini amalga oshirib, uchta oqsilli fermentni sintez qiladi.
Dostları ilə paylaş: |