Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Vosita va metodlar sostavidagi o’zgarishlar



Yüklə 160 Kb.
səhifə15/17
tarix19.12.2023
ölçüsü160 Kb.
#151255
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Asila kurs ishi

Vosita va metodlar sostavidagi o’zgarishlar. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Mazkur davrda sport musobaqalari yanada takomil topishning eng muhim vositasi va metodi xisoblanadi. Musobaqa sharoiti hamda musobaqa jarayonining o’zi yuzaga keltiradigan alohida fiziologik va emotsional fon mashg’ulotlar jarayonida ko’rinmaydigan zahiralar hisobiga jismoniy mashqlarning ta’sirini oshiradi va organizm funksi-onal imkoniyatlari oliy darajada namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Shu bilan birga musobaqalar iroda tarbiyasi hamda sport maxoratini takomillashtirish jarayonida mislsiz katta rol o’ynaydi. Bular bari sport formasi davrida musobaqalardan faqat sport imkoniyatlarini ishga solish vositasi sifatidagina emas, balki yanada olg’a borishning eng ta’sirchan faktori sifatida ham keng foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.
Musobaqalar miqdori albatta sport turlarining xususiyati va sportchilarning malakasiga bog’liq. Masalan, sportning tezkor-kuchlilik talab qiladigan ko’pchilik turlarida hamda sport o’yinlarida yuqori malakali sportchilar deyarli butun musobaqa davrida har xaftada musobaqalasha olsalar, hoyat zo’r chidamlilik talab etadigan sport turlari, shuningdek, sportdagi yakkama - yakka kurashuvlar va ko’pkurashlar uchun musobaqaning bunday rejimi to’g’ri kelmaydi. Biroq musobaqalarning umumiy soni, faqat sportning tanlangan turlaridagina emas, qo’shimcha turlarida ham xamisha sportchining jismoniy va iroda sifatlarini effektiv suratda tarbiyalash, uning mahoratini oshirish uchun yetarli bo’lishi kerak.

Jadvalga qarab kuchli sportchilarning amaliy faoliyatida musobaqalarning ahamiyati xaqida bir oz tasavvurga ega bo’lish mumkin. Unda butun yil davomida musobaqalarning umumiy soni (sportning tanlangan va qo’shimcha turlarida, agar sportchi keyingilaridan foydalangan bo’lsa) keltirilgan. Musobaqalar-ning bir qismi (taxminan 10-20 foizgacha) tayyorlov davrining ikkinchi bosqichiga, qolganlari musobaqa davriga to’g’ri keladi. Jadvalda o’quv chamalashlari va boshqa norasmiy xarakterdagi musobaqalarning, shuningdek, sportning ayrim turlarida bir musobaqada 10 va undan ortiq, bir yilda esa 100 va undan ortiq martaga yetadigan musobaqa urinishlari (startlari) ning soni ko’rsatilmaganini xisobga olmoq lozim.





Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə