Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 

                                            

2

 

M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 



p.102-104.

 



 

 

10 



 

1.2.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning 

maqsadi va uning tavsifi 

Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari  butun  jahonda  moliyaviy  hisobot 

standartlarining  yaqinlashishida,  kelishuvida  va  yanada  yaxshilanishida  muhim  rol 

o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 

-

 

ko’pchilik  mamlakatlarda  hisob  va  hisobotga    qo’yiladigan  milliy  talablar 



uchun asos bo’lib xizmat qilish; 

-

 



hisob  va  hisobotga  nisbatan  o’z  talablarini  ishlab  chiqayotgan  alohida 

mamlakatlar  uchun  xalqaro  etalon  sifatida  ishlatilishi  (sanoati  rifojlangan 

mamlakatlar  bilan  bir  qatorda  endi  rivojlanib  borayotgan  bozorlar  uchun,  masalan, 

Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham 

shular jumlasidandir); 

-

 



fond  birjalari  va  tartibga  soluvchi  organlar  tomonidan  moliyaviy  hisobotni 

Moliyaviy  hisobotlar  xalqaro  standartlariga  mos  ravishda  tuzilishini  talab  qilgan 

hollarda; 

-

 



kapital  bozorlari  uchun  standartlar  ishlab  chiqishda  to’lig’icha  Moliyaviy 

hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi 

milliy organlar tomonidan ishlatishi; 

-

 



Moliyaviy 

hisobotning 

xalqaro 

standartlari 

talab 

qilinmaydigan 



mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi. 

Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda 

yanada  kengroq  foydalanilmoqda  va  tan  olinmoqda.  Hatto  ba’zi  mamlakatlar 

Moliyaviy  Hisobotlar  Xalqaro  Standartlar  (MHXS)  ni  o’z  standartlaridek 

o’zgarishlarsiz  ishlatishmoqda,  ba’zilari  esa  mamlakat  xususiyatidan  kelib  chiqib 

ba’zi  o’zgarishlarni  kiritmoqdalar.  Ko’p  millatli  yirik  kompaniyalar  esa  Moliyaviy 

hisobotlar 

xalqaro 


standartlaridan 

foydalanish 

ular 

uchun 


qulayligini 

ta’kidlashmoqda. 

Moliyaviy  hisobotlar  xalqaro  standartlarining  tan  olinishi  va  tobora  ko’proq 

ishlatilishini  isbotlovchi  eng  muhim    voqealardan  biri  bu  Qimmatbaho  qog’ozlar  va 

birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar 

uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir. 

Evropa  Komissiyasi  esa  Moliyaviy  hisobotlar  xalqaro  standartlariga 

hisobotning  va  umuman  buxgalteriya  hisobining  muvofiqlashishi  nuqtai  nazaridan 

Yevropa Ittifoqida adolatli va samarali raqobot muhitini saqlashda muhim ekanligini 

e’tirof 


etmoqda. 

Yevropa 


Komissiyasi 

moliviy 


hisobot 

standartlari 

garmonizatsiyasida  MHXSK  bilan  hamkorlik  qilish  samarali  ekanligini  rasmiy 

ravishda e’lon qilgan. 

AQShning  Qimmatbaho  qog’ozlar  va  birjalar  bo’yicha  Komissiyasi  esa 

quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi: 

-

 

standartlar  buxgalteriya  hisobining  keng  qamrovli  bazisini  taqdim  etuvchi 



buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak; 

-

 



standartlar  yuqori  sifatli  bo’lishlari  shart,  chunki  ular  ma’lumotlarning 

taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak; 




 

 

11 



 

-

 



standartlar  interpretatsiyasi  berib  borilishi  kerak  va  ularga  so’zsiz  amal 

qilinishi kerak. 

Shunday qilib, MHXSK tomonidan  hozirgacha  ishlab chiqilgan standartlardan 

foydalanish  xalqaro  hamjamiyatga  yuqori  samara  bermoqda,  deb  xulosa  qilish 

mumkin. 

 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə