9.4. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi, uning maqsadi va
qo’llanilish sohasi
2015 yil 24-aprelida PF-4720 «Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon kilindi.
Mazkur
Farmon
talablaridan
kelib
chikib,
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini
tubdan oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini
ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni
strategik boshqarishda aktsiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish
maqsadida quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlari etib belgilandi:
xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik,
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
chet el kapitali ishtirokida aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish,
aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay
sharoitlar yaratish;
eski bo’linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va
bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo’linma va lavozimlarni joriy etishni
inobatga olgan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta
tashkil etish;
aktsiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining
samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aktsiyadorlar, jumladan, minoritar
aktsiyadorlar rolini oshirish;
270
etakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv
xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aktsiyadorlik
jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb
qilish.
Dostları ilə paylaş: |