Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Valyuta  kurslaridagi  o’zgarishlarning 

ta’sirlari»

  ga  muvofiq  to’liq  chiqarib  tashlanmaydigan  valyuta  kursi  oshishi  yoki 

kamayishi ta’siriga  duchor bo’lishga olib kelsa. BHXS 21 ga muvofiq, guruh ichidagi 

monetar moddalar bo’yicha valyuta kursi o’zgarishidan olinadigan foyda yoki zararlar 

jamlashda  to’liq  chiqarib  tashlanmaydi,  qachonki  guruh  ichidagi  monetar  modda 

bo’yicha  operatsiya  turli  funktsional  valyutalarga  ega  guruhning  ikki  tadbirkorlik 

sub’ektlari  o’rtasida  amalga  oshirilganda.  Shu  bilan  birga,  yuqori  ehtimolli 

rejalashtirilgan  guruh  ichidagi  operatsiya  bo’yicha  xorijiy  valyuta  riski  jamlangan 

moliyaviy  hisobotlarda  xejlangan  modda  sifatida  tasniflanishi  mumkin,  agarda 

operatsiya  operatsiyani  amalga  oshirayotgan  tadbirkorlik  sub’ektining  funktsional 

valyutasidan  boshqa  valyutada  ifodalangan  bo’lsa  va  xorijiy  valyuta  riski  jamlangan 

foyda yoki zararga ta’sir qilsa. 

Agarda  xejlangan  modda  moliyaviy  aktiv  yoki  moliyaviy  majburiyat  bo’lsa,  u 

faqatgina uning pul oqimlarining yoki haqqoniy qiymatining qismi (masalan, bir yoki 

undan ortiq tanlangan shartnomaviy pul oqimlari yoki ularning qismlari yoki haqqoniy 

qiymatning ulushi) bilan bog’liq risklarga nisbatan xejlangan modda bo’lishi mumkin, 

agarda  xejlashning  samaradorligini  baholash  mumkin  bo’lsa.  Masalan,  foizli  aktiv 

yoki  foizli  majburiyat  bo’yicha  foiz  stavkasi  riskining  aniqlanadigan  va  alohida 

baholanadigan  qismi  xejlangan  risk  sifatida  belgilanishi  mumkin  (masalan,  riskdan-



 

 

213 



 

holi  foiz  stavkasi  yoki  xejlangan  moliyaviy  instrument  bo’yicha  jami  foiz  stavkasi 

riskining tayanch foiz stavkasi qismi). 

Moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlar  portfeli  bo’yicha  foiz  stavkasi 

riskining haqqoniy qiymat xejida (va faqatgina bunday xejda), xejlangan qism alohida 

aktivlar  (yoki  majburiyatlar)  sifatida  emas,  balki  valyuta  summasi  sifatida  (masalan, 

dollar,  yevro,  funt sterling  yoki  rend summasida) belgilanishi  mumkin. Portfel, riskni 

boshqarish  maqsadlarida,  aktivlarni  va  majburiyatlarni  o’z  ichiga  olishi  mumkin 

bo’lsada,  belgilangan  summa  aktivlar  summasi  yoki  majburiyatlar  summasiga  teng 

bo’ladi.    Aktivlar  bilan  majburiyatlar  o’rtasidagi  farqqa  teng  bo’lgan  sof  summani 

xejlangan  modda  sifatida  belgilashga  ruxsat  etilmaydi.  Tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu 

belgilangan  summa  bilan  bog’liq  foiz  stavkasi  riskining  qismini  xejlashi  mumkin. 

Masalan,  oldindan  to’lanadigan  aktivlarni  qamrab  oladigan  portfel  xeji  holatida, 

tadbirkorlik  sub’ekti,  shartnomaviy  emas,  balki  kutilgan  qayta  narxlash  sanalari 

asosida  xejlangan  foiz stavkasidagi  o’zgarishga tegishli bo’lgan  haqqoniy qiymatdagi 

o’zgarishni  xejlashi  mumkin.  Qachonki  xejlangan  qism  kutilgan  qayta  narxlash 

sanalariga  asoslansa,  xejlangan  foiz  stavkasidagi  o’zgarishlarning  ushbu  kutilgan 

qayta  narxlash  sanalariga  nisbatan  ta’siri  xejlangan  moddaning  haqqoniy  qiymatidagi 

o’zgarishni  aniqlashda  inobatga  olinishi  lozim.  O’z  navbatida,  agarda  oldindan 

to’lanadigan  moddalarni  qamrab  oladigan  portfel  oldindan  to’lanmaydigan  derivativ 

bilan  xejlangan  bo’lsa,  samaradorsizlik  yuzaga  keladi  agarda  xejlangan  portfeldagi 

moddalarning oldindan to’lanishi kutilgan  sanalar o’zgartirilsa, yoki haqiqiy oldindan 

to’lov sanalari kutilgan sanalardan farq qilsa. 

Nomoliyaviy moddalarni xejlangan moddalar sifatida belgilash 

Agarda  xejlangan  modda  nomoliyaviy  aktiv  yoki  nomoliyaviy  majburiyat 

bo’lsa,  u  quyidagilar  uchun  xejlangan  modda  sifatida  belgilanishi  lozim:  (a)  xorijiy 

valyuta risklari uchun; yoki (b),  xorijiy valyuta risklaridan boshqa muayyan risklarga 

tegishli  bo’lgan  pul  oqimlarining  yoki  haqqoniy  qiymatdagi  o’zgarishlarning  o’rinli 

qismini  ajratish  va  baholash  qiyin  bo’lgani  sababli,  xejlangan  moddaning  butun 

holatida u biln bog’liq bo’lgan barcha risklar uchun. 

Moddalar guruhlarini xejlangan moddalar sifatida belgilash 

O’xshash  aktivlar  yoki  o’xshash  majburiyatlar  umumlashtirilishi  va  guruh 

sifatida  xejlanishi  lozim,  faqatgina  agarda  guruhdagi  alohida  aktivlar  yoki  alohida 

majburiyatlar  o’rtasida  xejlanadigan  sifatida  belgilangan  risk  taqsimlansa.  Bundan 

tashqari, guruhdagi har bir alohida modda bo’yicha xejlangan riskga tegishli haqqoniy 

qiymatdagi  o’zgarish  moddalar  guruhining  xejlangan  riskiga  tegishli  haqqoniy 

qiymatdagi  umumiy  o’zgarishga  taxminan  proportsional  bo’lishi  ko’zda  tutilishi 

lozim. 


Tadbirkorlik  sub’ekti  xej  samaradorligini  xejlash  instrumentining  haqqoniy 

qiymatidagi  yoki  pul  oqimidagi  o’zgarishni  xejlangan  modda  bilan  qiyoslash  orqali 

baholashi  tufayli,  xejlash  instrumentini  muayyan  xejlangan  modda  bilan  emas,  balki 

umumiy  sof  pozitsiya  (masalan  o’xshash  so’ndirish  muddatlariga  ega  barcha  foizlari 

qat’yi  belgilangan  aktivlar  bilan  foizlari  qat’iy  belgilangan  majburiyatlar  o’rtasidagi 

farqqa teng sof pozitsiya) bilan qiyoslash xej hisobi sifatida tasniflanmaydi. 

Xejni  hisobga olishda  xejlash  instrumenti  bilan  xejlangan  moddaning  haqqoniy 

qiymatlaridagi  o’zgarishlarning  o’zaro  hisob-kitob  qilinishi  natijasida  foyda  yoki 




 

 

214 



 

zararga bo’lgan  ta’sir  tan olinadi. 

Xejlash aloqalari uch xil bo’ladi:  

(a) 



Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə