«tasdiqlayman» 3-maktab o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: A. N. Rabbimov


Ko‘zning yoy va to‘r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə7/10
tarix07.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#120412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 53-54-darslar AXBOROT XAVFSIZLIGI VA UNI TA’MINLASH.

Ko‘zning yoy va to‘r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash

Identifikatsiya uchun ishlatiladigan noyob biometrik xususiyatlardan biri – ko‘z gavharining yoy pardasi. Ko‘zning yoy va to‘r pardasi har bir insonning noyob biometrik xususiyatlaridan hisoblanadi. U odamda bolalikdan shakllanadi va hayoti davomida o‘zgarmaydi. Ko‘z tasviri olinganidan keyin unga maxsus shtrix-kod niqobi qo‘yiladi. Natijada, har bir kishi uchun individual matritsa olinadi. Ko‘z irisini aniqlash uchun maxsus skanerlar ishlatiladi. Tasdiqlash paytida taxminan 260 ta asosiy nuqta ishlatiladi (taqqoslash uchun barmoq izini tekshirishda 16 ta ga yaqin asosiy nuqtalardan foydalaniladi). Har bir shaxs ko‘zining to‘r pardasi noyob va umr bo‘yi bir xilligicha qoladi. Bu esa ko‘z to‘r pardasini skanerlashni kichik va katta obyektlar uchun eng aniq va tezkor yechimga aylantiradi. Boshqa biometrik parametrlar (barmoq izlari, qo‘l chiziqlari, ovoz, yuz) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi yoki faqat ma’lum cheklovlar bilan ishlatilishi mumkin.







Nutq xususiyatlari orqali identifikatsiyalash

Shaxsning nutq xususiyatlariga ko‘ra tan olinishi ham biometrik autentifikatsiya usullaridan biri hisoblanadi. Telefonda tanish odamingizni ko‘rmasdan ham ovozidan oson taniy olasiz. Odam psixologik holatini uning ovozi hissiy ohangidan ham bilish mumkin. Ovozni aniqlash nutq chastotasini tahlil qilishga asoslangan. Shaxs ovozining tovush balandligi, ohangi kabi akustik xususiyatlari har bir kishida farq qiladi. Ovozli biometrik autentifikatsiya qilishda ovoz raqamlangan va ilgari yozilgan shablon bilan solishtiriladi. Ishlash prinsipiga ko‘ra, ovozni aniqlash tizimlari matnli shablon (masalan, foydalanuvchidan sevimli rangi yoki ma’lum bir raqamlar ketma-ketligi so‘raladi va ilgari o‘qilgan matn namunasi bilan taqqoslanadi) va ovoz (ovoz xususiyatlari ixtiyoriy matn orqali solishtiriladi) bilan ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Ovozli identifikatsiya bilan bog‘liq biometrik yondashuvdan foydalanish oson, lekin ovozning pastligini uning kamchiligi sifatida e’tirof etish lozim. Masalan, shamollash yoki laringit bilan og‘rigan shaxsni identifikatsiyalash qiyin kechishi aniq. Bunday tizimlarda aniqlab olish natijalariga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi omillar mavjud: boshqa mikrofon, atrof-muhitning tanib olish natijalariga ta’siri (shovqin), talaffuzdagi xatolar, ro‘yxatga olish vaqti va autentifikatsiyalash vaqtidagi shaxs turli xil hissiy holatlari va h. k.).








Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə