Tasdiqlayman” Tabiiy fanlar fakulteti dekani


Nitrobirikmalarning kimyoviy xossasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/12
tarix22.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karimov S KMYM 401

2.3. Nitrobirikmalarning kimyoviy xossasi.
1. Nitrogruppalarning kimyoviy xossalari molekulada nitrogruppa borligi tufayli yuzaga chiqadi. Nitrobirikmalarning eng muhim xossalaridan biri ularni qaytarganda aminobirikmalarga aylanishi hisoblanadi:
R – NO2 + 6[H] → R – NH2 + 2H2O
CH3 – CH2 – NO2 + 6[H] → CH3 – CH2 – NH2 + 2H2O
Bu reaksiya nitrobirikmalardagi azot uglerod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikkanligini ko‘rsatadi.
2. Nitrobirikmalarning izomerlari, ya’ni nitrit kislota efirlari qaytarilganda spirt hamda gidroksilamin yoki ammiak hosil bo‘ladi.
CH3 – O – N = O + 2H2 → CH3 – OH + NH2OH
3. Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar molekulasidagi nitrogruppa bilan birikkan C-atomidagi vodorod metallarga almashina oladi. M-n: nitroetan C2H5NO2 va natriy etilatning spirtli eritmasi aralashtirilsa, C2H4NaNO2 tarkibli kristall cho‘kma hosil bo‘ladi. Bunda tushgan kristall cho‘kma – metalli hosila suvda oson eriydi va yaxshi dissotsiyalanadi va lakmus bilan tekshirilganda neytral reaksiya beradi, ya’ni ular kuchli kislotalarning tuzlaridir.
C2H5 – NO2 + CH3 – CH2 – ONa → C2H5 – OH + C2H4NaNO2
4. Izonitrobirikmalar kuchli kislota xossasiga ega.
5. Nitrobirikmalarning kislota shakli ko‘pincha izonitrobirikmalar deb ataladi. Metalli hosilaga kislota qo‘shilsa, kislota shakli hosil bo‘ladi, u neytral holdagi nitrobirikmaga aylanadi (izomerlanadi).
Uchlamchi nitrobirikmalarda nitrogruppa bilan bog‘langan uglerodda H atomi yo‘q. Shuning uchun ularda bunday izomerlarning hodisasi kuzatilmaydi.
Nitrogruppa bilan bevosita bog‘langan ugleroddagi vodorod atomlari o‘ta qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Shuning uchun birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar nitrit kislota, aldegidlar va boshqalar bilan reaksiyaga kirisha oladilar. Ikkilamchi nitrobirikmalar ham nitrit kislota bilan birikib, suv ajratib chiqaradi va psevdonitrollar hosil qiladi.
6. Uchlamchi nitrobirikmalar nitrit kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. Nitrobirikmalarning nitrit kislota bilan sodir bo‘ladigan reaksiyasidan ularning va boshqa moddalarning (spirt, galogenalkillar va boshqalarning) tuzilish formulasini aniqlashda foydalaniladi. Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalar aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib, nitrospirtlarni hosil qiladilar. Nitrometan formaldegid bilan reaksiyaga kirishib, trimetilol nitrometanni hosil qiladi:
CH3 – NO2 + CH2O → HOCH2 – CH2 – NO2 + 2CH2O →
(HOCH2)3 – C – NO2 + 2CH2O
Trimetilolnitrometan emulgatorlar, portlovchi va yunuvchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
7. Birlamchi va ikkilamchi nitrobirikmalarga kislota ta’sir etirilganda aldegidlar, ketonlar va kislotalarni hosil qiladi.
Ishlatilishi. Nitrobirikmalar erituvchi sifatida, aldegid, kislota, keton va boshqalar olishda, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.[5]


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə