Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarining xajmlari dinamikasi (mln. AQSh dollari ulushi, %)



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə11/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarining xajmlari dinamikasi (mln. AQSh dollari ulushi, %)
7.3-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi dinamikasi

TSAning uchdan bir qismini MDH davlatlari tashkil etib, so`nggi yillarga nisbatan asta-sekin kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa o`z navbatida boshqa xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarning kengayayotganidan dalolat bermoqda.


Respublikamizda tashqi savdoni qo`llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019-yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi o`tgan yilga nisbatan o`sish 120,0 %ni tashkil etdi. O`sish bo`lishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018-yilga nisbatan 1,7 % punktga pasaymoqda.
Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2019-yilda MDH davlatlariga nisbatan tezroq o`sdi (o`sish sur`ati 129,7 %) va jami TSAdagi ulushi 65,4 %ni tashkil etdi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o`sishiga ko`maklashadi va bu o`z navbatida ma`lum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5 mingtadan (82 birlikka oshib, 5895 tani tashkil etdi) oshirdi va ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018-yilga nisbatan o`sish 28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta`minladi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,5 %), energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (14,1 %), to`qimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,5 %, aksariyat meva-sabzavot – 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga to`g`ri kelmoqda.
MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yo`nalishi bo`yicha farqlanishlar mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga eksportning 80 % xizmatlar hissasiga to`g`ri kelmoqda, keyingi o`rinlarda eksport hajmi bo`yicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda meva-savzavot va to`qimachilik mahsulotlariga to`g`ri kelmoqda.
Hisobot davrida MDH mamlakatlari yo`nalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq o`sdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi.
2019-yilda eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli o`zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta`kidlash joizki, 2018-yilga nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o`sish kuzatildi.
7.1-jadval



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə