Tasviriy san’at haqida


DEKORATIV-AMALIY VA ME'MORLIK SAN'ATI



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix27.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#83202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
tasviriy sanat

DEKORATIV-AMALIY VA ME'MORLIK SAN'ATI

 



 

18 


 

Dekorativ-amaliy  san'at. 

San'atning  keng  tarqalgan  turlaridan  biri  dekorativ  amaliy 

san'atdir.  Bu  san'at  hayotda  ishlatiladigan  buyumlar,  idish-tovoq,  kiyim-kechak,  mebel,  gilam, 

o'yinchoqlar va boshqa shu kabilalarni bezatishni o'z ichiga oladi. 

 

Dekorativ-amaliy  san'at  asarlari  odamlarning  kundalik  turmush  ehtiyojlarini  qondirish, 



tevarak-atrofga,  park-bog',  uylarning  tashqi  va  ichki  ko'rinishiga  go'zallik  kiritish  vazifalariga 

xizmat  qiladi.  Bu  san'at  dastgoh  san'atidan  o'zining  bevosita  xalq  ehtiyojiga  moslanganligi  bilan 

farq  qiladi  va  inson  hayotida  ishlatiladigan  buyumlarning  mazmunidan  kelib  chiqadi  va  shunga 

bo'ysunadi.  Dekorativ-amaliy  san'atda  real  voqeliklar  (masalan,  gullar,  hayotiy  lavhalar  va 

hokazolar),  aks  etishi  mumkin,  lekin  ular  mustaqil  xarakterga  ega  bo'lmaydi  hamda  ma'lum  bir 

buyum  mazmuni va shakli bilan bog'liq bo'ladi.  Tasvirlangan voqealarda shartli  elementlar keng 

o'rinni egallaydi. Dekorativ san'at buyumlari birmuncha erkin, ijodkor fantaziyasiga bog'liq holda 

yaratiladi  va  eng  avvalo,  tevarak-atrofga  fayz  kiritishga  qaratilgan  bo'ladi.  Masalan,  jimjimador 

ustun,  eshik,  darvozalar,  devorlarning  tashqi  va  ichki  tomoniga  ishlanadigan  rangli  naqsh  va 

bo'rtma tasvirlarni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. 

 

Dekorativ-amaliy  san'at  juda  qadim  zamonlarda  paydo  bo'lib,  xalq  hunarmandligi  tarzida 



rivojlandi.  O'zbekistonda  dekorativ-amaliy  san'at  tasviriy  san'atning  eng  qadimdan  rivoj  topgan 

yagona  va  barhayot  turi  bo'lib  keldi.  Chunki  san'atning  boshqa  turlarini  (rangtasvir,  grafika, 

haykaltaroshlik)  yaratish  islom  dini  tomonidan  cheklab  qo'yilgan  edi.  O'zbek  xalqining  amaliy 

san'at  asarlarida ko'proq chamandek ochilgan  gulzor, bog'lar aks  ettiriladi.  Chunki  jazirama issiq 

ostida,  qaqrab  yotgan  cho'llarni  gulzorga  aylantirish  qadimdan  o'zbek  xalqiga  xos  odat  bo'lgan. 

Dekorativ-amaliy  san'atga  alohida  e'tibor  berilgan.  Dekorativ-amaliy  san'at  ustalariga  katta 

imtiyozlar  yaratilgan,  maxsus  artellar,  ustaxonalar  tashkil  etilgan.  Hozirda  yog'och  o'ymakorligi, 

kulolchiligi  bilan  bir  qatorda,  o'zbek  kashtasi,  atlasi,  beqasami  va  boshqa  naqsh  berilgan  har  xil 

jihozlari  dunyo  xalqlari  orasida  shuhrat  qozondi.  Amaliy  san'atning  eng  ko'p  tarqalgan  va  eng 

ommaviy turi kashtachilik bo'lib, u qadimiy an'analarga ega, o'zbek kashtachiligi,  yuqorida aytib 

o'tganimizdek,  ochilgan  bog'larni  eslatadi.  Shuning  uchun  ham  biz  o'zbek  kashtachiligida 

guldastani, majnuntolni, quyoshni, ba'zan daraxt shoxchasiga qo'ngan qushchalar, hatto hayvon va 

odam tasvirlarini ham uchratamiz. O'zbekistonning eng qadimiy madaniyat o'choqlari hisoblangan 

Buxoro  va  Samarqand  so'zanalari  o'zining  serrangligi,  shakllarining  turli-tumanligi  va  ularning 

nihoyatda nozik tikilishi bilan farqianadi. Shahrisabzlik ayollar tikkan kashtachilik buyumlari esa 

ko'proq gilamni eslatadi. O'zbek oilalarida uyning ichki devorlarining tekis qismiga aylantirib ilib 

qo'yiladigan  dorpechdan  bezak  maqsadida  foydalaniladi.  Ularning  past  qismida  shokila-shokila 

bo'lib  osilib  turgan  kokillari  bo'ladi.  Dorpechlardagi  bir  shakl  qayta  takrorlanaveradi.  Bu  gulli 

daraxt yoki guldastani qator qilib safga tizib qo'ygandagidek manzarani beradi. 



 

19 


 

O'zbek  kashtachiligida  do'ppi  alohida  o'rinni  egallaydi.  Shahri-sabzning  gilam  do'ppisi, 

Buxoroning  zardo'ppisi,  Farg'onaning  chust  do'ppisi,  iroqi,  duxoba  va  boshqa  do'ppilar  O'rta 

Osiyo  xalqlari  orasida  keng  tarqalgan.  Do'ppi  nusxalari  ichida  eng  mashhuri  chust  do'ppilaridir. 

Qora atlas (yoki satin) ustiga ipak bilan tikilgan bodom guli (yoki qalampir), kizakka tushirilgan 

gullar  do'ppiga  nafislik  baxsh  etadi.  Kashtachilik  san'atidagi  belbog',  dastro'mol,  sandalpech, 

bo'g'macha va turli  to'rvachalari ham  nafis bezatiladi. O'zbek kashtachiligining an'analari hozirgi 

kunda  ham  muvaffaqiyatli  ravishda  rivojlanmoqda.  Kashtachilik  san'atida  kishilar  portretini  aks 

ettirish o'sha davrida paydo bo'ladi. 

 

Nimshohi gazlamalar



 

- beqasam, banoras va adras, atlaslar xalqimiz tomonidan e'zozlanadi. 

O'zbek  xalqi  ipak  yetishtirishda  mohir  bo'libgina  qolmay,  balki  shoi-atlaslarnito'qigan,  uni 

nihoyatda yuqori badiiy did bilan bo'yay olgan. Faqat ipakdan tikilgan to'rt,  sakkiz, o'n ikki tepkili 

atlaslar jahonga dong taratgan.  

Atlas gazmollar kompozitsion jihatdan turli-tumandir. Hozirgi kunda uning yuzdan ortiq bezash 

turi  bor.  Bular,  asosan,  turli  geometrik  shakllar,  o'simliklarning  gul  va  barglari,  uy-ro'zg'or 

buyumlari va hokazolardan iboratdir. O'zbek kashtachilik san'atida zardo'zlik buyumlari, yorqin va 

lo'nda  gulli  gilamlar,  jundan  tikilgan  bejirim  jihozlar  ham  keng  tarqalgan,  bularga  xalqning 

hayotida turli maqsadlarda hamon foydalanilmoqda. 




Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə