Termiz davlat pedagogika instituti


O’qituvchi nutqining asosiy shakllari



Yüklə 221,12 Kb.
səhifə4/7
tarix13.12.2023
ölçüsü221,12 Kb.
#149441
1   2   3   4   5   6   7
Nutq texnikasi va madaniyati xadicha

O’qituvchi nutqining asosiy shakllari
Nafas olish organizmga hayot bag`ishlovchi fiziologik funktsiyani bajaradi. Shu bilan birga u nutq energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush).
Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug`dirmaydi.
Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi.
Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish bir nechta turga bo‘linadi.
Yuqori nafas – yelkalarning ko‘tarilib tushishi va ko‘krak qafasining yuqori qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo‘sh yuzaki nafas bo‘lib, unda o‘pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi.
Ko‘krak nafas - qovurg`alar o‘rtasidagi mushaklar yordamida hosil bo‘ladi. Bunda ko‘proq nafasning ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi.
Diafragma ishtirokidagi nafas - ko‘krak nafasning bo‘ylama hajmini oshishi hisobiga vujudga keladi. Diafragma - qovurg`ali nafas, diafragmaning qisqarishi qovurg`alar oralig`idagi nafas mushaklari ishtirokida vujudga keladi.
Tovush – chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi.
Tovush o‘zining qo‘yidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
Tovush kuchi - tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog`liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Ovoz – tomoqdan (o‘pkadan) kelayotgan havoning ovoz paylari orqali o‘tishida hosil bo‘ladi va og`iz bo‘shlig`i yordamida kuchayadi. Ovoz maxsus mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi.
Ovoz apparati uch qismdan iborat:
1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og`iz bo‘shlig`ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi.
2. Rezonator tizimi – bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig`i, og`iz bo‘shlig`i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi.

Yüklə 221,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə