2-MAVZU: PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI. FAOLIYAT VA
MOTIVATSIYA
Reja:
2.1. Psixika haqida tushuncha. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.
2.2. Psixika va ong munosabati. Ongning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti.
2.3.Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan
harakatlar) holatlari.
2.4. Faoliyat haqida tushuncha, faoliyatning psixologik tahlili.
2.5.
Motiv motivatsiya tushunchalari.
Tayanch so‟z va iboralar
Psixika, ong, id, ego, super ego, motiv, motivatsiya, filogenez, filogenetik,
faollik, emotsiya.
15
2.1. Psixika haqida tushuncha. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil topgan
materiyaning oliy maxsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko‘p sonli
maxsus a‘zolari vositasida amalga oshiriladi. Ulardan ba‘zi birlari taassurotlarni
qabul qilsa, boshqasi ularni signallarga aylantiradi, xatti-xarakat rejasini tuzadi
uning ijrosini nazorat qiladi, uchinchi biri xili xatti-xarakatga kuch g‘ayrat va
shiddat bag‘ishlaydi, to‘rtinchi xili mushaklarni xarakatga keltiradi va xakozo. Ana
shu murakkab ishning hammasi organizmning tashqi muhitga faol
muvofiqlashuvini hayotiy vazifalrini hal etilishi ta‘minlaydi.
Organik dunyoning amyoblardan to odamga qadar uzoq davom etgan
evolyusiyasi davomida xulq-atvor xatti-xarakatlarning fiziologik mexanizmlari
to‘xtovsiz
murakkablashib,
tabaqalanib
shular
tufayli
organizm
muhit
o‘zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan bo‘la bordi.
Bir hujayrali, masalan amyoba kabi organizm na ovqatni idrok etish uchun,
na uni izlash uchun, na uni hazm qilish uchun hech qanday ixtisoslashagan
a‘zolarga ega emas. Yolg‘iz bittagina hujayraning o‘zi ham sezuvchi, ham
xarakatlanuvchi ham ovqat hazm qiluvchi a‘zo bo‘lsa kerak. Ko‘rinib turibdiki
amyobaning hayot kechirish imkoniyatlari, uning ovqat qidirib topish, o‘z hayotini
saqlab qolish qobiliyati o‘ta cheklangandir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda
a‘zolarining ixtisoslashuvi, ozuqani farqlash, xavf-xatarni juda tez aniq sezish
imknini beradi. Ixtisoslashuvning yakka-yu yagona funksiyasi signallarni idrok
etishdan iborat xujayralarning paydo bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Bu hujayralar
reseptorlar (tashqi muhitning ta‘sirini qabul qiluvchi apparat) deb atalmish
hujayralar guruhini tashkil etadi. Boshqa hujayralar mushak to‘qimalari ishini yoki
turli xil bezlarning shira chiqarishini o‘z zimmasiga oladi. Bunday hujjayralar
effektorlar deyiladi. Ammo hayot a‘zolar va funksiyalar o‘rtasida uzluksiz aloqa
bo‘lishini, xarakatlarning tevarak-atrofdagi narsalardan va organizmning o‘zidan
bo‘ladigan signallar oqimi bilan kelishilgan bo‘lishini taqozo etayotgan bir paytda
ixtisoslashuv a‘zolari funksiyalarini bir-biridan ajratadi. Bunga organizmning
asosiy «boshqaruv pulti» yaxlit bir butun narsa sifatida xarakat qiladiga markaziy
nerv sistemasi vositasida erishiladi.
Nerv sistemasi tuzilishining umumiy plani barcha umurtqalilarda bir
xildir. Uning asosiy elemayentlari nerv hujayralari yoki neyronlar bo‘lib, ularning
vazifasi qo‘zg‘atishdan iboratdir. Neyron hujayra tanachasidan va tanachaning
shoxlab ketgan o‘simtalari-qo‘zg‘atishni boshqa neyronlarga o‘tkazadigan
tolalar-aksondan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki boshqa
neyronlarning hujayra tanasi bilan bog‘lanadigan nuqta sinaps deb ataladi. Shu
nuqtada neyronlar o‘rtasida funksional bog‘lanish yuz beradi. Nerv
sistemasidagi yangi bog‘lanishlarning xosil bo‘lish mexanizmini tushintirib
berishda sinaps hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu bog‘lanishlarni hosil qilishda
sinapslardagi o‘zgarishlar (kimyoviy yoki strukturaviy o‘zgarishlar) tufayli
qo‘zg‘atish impul‘slarini muayyan yo‘nalishda tanlab o‘tkazish ta‘minlanadi.
Sinaps-qo‘zg‘alish bo‘yicha qo‘yilgan o‘ziga xos to‘siq bo‘lib, qo‘zg‘alish uni
yengib o‘tishi kerak. Ba‘zi to‘siqlarni yengish osonroq boshqalarini esa
qiyinroq, ayrim hollarda ikkala yo‘ldan birini tanlashga to‘g‘ri keladi.
16
Neyronlarning bir qismi qo‘zg‘alishni reseptorlardan markaziy nerv
sistemasiga, boshqa qismi undan effektorlarga o‘tkazadilar, lekin neyronlarning
aksariyat ko‘pchiligi markaziy nerv sistemasining o‘zida uning turli joylari
o‘rtasida aloqa bog‘lanishiga xizmat qiladi. Markaziy nerv sistemasining o‘zi
esa ikkin qismdan-bosh miya va orqa miyadan tashkil topgandir.
Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 milliardga yaqin)
bilan qoplangan hamda po‘stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni hosil
qiladi. Po‘stloq-psixik faoliyatning eng muhim (lekin yakka-yu yagonasi emas)
organidir. Yarim sharlardan pastroqda,ensa qismida, miyacha joylashgan bo‘lib,
uning funksiyalari hali yetarlicha o‘rganilmagan, uning mushaklar harakatini
uyg‘unlashtirishda jiddiy rol o‘ynashni ma‘lum. Katta yarim sharlarga miya
naychasi kelib raqaladi. Naychaning yuqori qismi-talamus orqa miyadan katta
yarim sharlarga boradigan barcha nerv yo‘llari uchun « oraliq stansiyasi»
vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi-gipotalamus suv almashinuvini,
ovqatlanish ehtiyojini va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib
turadigan markazlardan tarkib topgandir.
Markaziy nerv sistemasining tilga olingan barcha qismlari murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, uni o‘rganish va ta‘riflash bilan anatomiya va gistologiya
shug‘ullanadi.
Hozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda orqa miya va miya
naychasi reflektor faoliyatining asosan tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan
shakllarini amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig‘i esa hayot kechirish
jarayonida orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor
shakllari organi hisoblanadi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining o‘ttiz foizini
egallaydigan peshona qismlari alohida rol o‘ynaydi. Peshona qismlarining
(kasallik, yaralanish va shu kabilar oqibatida) shikastlanishi xulq-atvorning oddiy
formalariga emas, balki yuksak formalariga ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, peshona
qismlari shikastlangan bemorlar ko‘rish, nutq, yozish qobiliyatlarini saqlab qolib,
arifmetika masalalarini yechgan holda uning shartlarini tahdil etishga urinmaydilar.
Masalan, yechish planini tuzganlarida oxirgi savolni tushirib qoldiradilar. Ular
masalaning yechimini uning sharti bilan solishtirib chiqmaydilar, o‘z xatolarini
sezmaydilar va xakozo. Ko‘pgina klinik faktlar shuni ko‘rsatdiki, miyaning
peshona qismlari shikastlanishi aqliy qobiliyatni susaytirishi bilan birga kishining
shaxsiyati doirasida uning xarakterida xam kator buzilishlarga sababchi bo‘ladi.
Kasalga chalinganligiga qadar xushmuomalaligi, vazminligi bilan ajralib turgan
bemorlar yengiltak, qiziqqon, qo‘rs bo‘lib qoladilar.
I.P.Pavlov (1849-1936) buyuk rus olimi fiziolog, psixologiyaga katta hissa
qo‘sha oldi. Uning ayniqsa ikki signallar sistemasi haqidagi ta‘limoti bugungi
kunda butun jahonda ma‘lum va keng miqyosida hayotga tadbiq etilayapdi. U
1911 yili birinchi marta odamda ikkita signallar sistemasining faoliyat
ko‘rsatishini, hayvonlarda esa faqat bitta signallar sistemasining borligi haqida
fikr bildirgan. So‘ng esa maxsus izlanishlar natijasida bu ta‘limot I.P.Pavlovning
ijodida muhim o‘rin egalladi.
17
Uning fikricha birinchi signallar sistemasi ham odamlar ham hayvonlar
dunyosiga xos bo‘lib, tevarak atrofdagi voqea va hodisalarning sezgi organlar
ta‘sii ostida paydo bo‘lgan in‘ikosdir.
I.P.Pavlov iborasi bilan aytganda yana ortiqcha ikkinchi signallar sistemasi
ya‘ni so‘zlarni ishlatish Bilan bog‘liq so‘zlar Bilan tevarak muhitdagi voqea
hodislarning ma‘nosini kishi idrokiga olib kiritilishi mumkinligi Bilan bog‘liq
bo‘lgan bir sistemadir. Yozilayotgan, o‘qilayotgan yoki eshitilayotgan
so‘zlarning o‘zlari fizik kattalik bo‘lganliklari uchun birinchi signallar sistemasi
orqali idrok etilsa shu so‘zlarning ma‘nosi ular orqali anglanayotgan voqea va
hodisalar mohiyati ikkinchi signallar sistemasi orqali idrok etiladi. Ya‘ni
ikkinchi signal sistemasi insonning bir voqea yoki hodisani bevosita ko‘rishi yoki
ushlab ko‘rishi orkali emas, balki mshu voqeani ifoda etgan har qanday
axborotdan tushunib olishini ta‘minlaydi. Masalan biz itga qarab Biron bir
noxush gap aytsak shaksiz it shu tovush so‘zlarni eshitadi, lekin faqat bir sado
sifatida idrok etadi xolos. Chunki it uning mag‘zini chaqa olmaydi, tushuna
olmaydi, tushunarli aynan so‘zlarning mohiyatini chaqish signal sistemasiga ega
bo‘lgan insonlargagina xosdir.
Shunday qildib inson har ikkala signallar sistemasiga ega bo‘lgan universal
bir mavujdoddir. Uning oliyligining asosida aynan ikkinchi signallar sistemasini
faoliyati yotadi. Ikkinchi signallar sistemasi insonga voqea va hodisalarning ichki
mohiyatini tushunishiga ularni so‘zlarda, sonlarda har xil belgilarda belgilab,
moddiy holatga keltirib, Yana birinchi signallar sistemasi orqali boshqa kishining
bevosita idrokiga havola qilishiga to‘la imkoniyat yaratadi. Odam tabiatining bu
ajablanarli xususiyati bor ekanki, ilmu ma‘rifat, san‘at umuman insoniyat turixi
jamiyati va barcha insongagina buyuk mutafakkir sifatida odamdagi bu ikki
signallar sistemasini bashariyat rivojlanishining negizi deb atadi.
Dostları ilə paylaş: |