Har bir mushak hujayra yuqorida qayd
etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan.
Mushak hujay-ralarining bir-biriga tegib yotgan
qismlarida tirqishli tutatish-neksuslar uchrab,
ular silliq mushak hujayralarining ma’lum
guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi.
Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon
tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar to’qima
ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak
hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi
to’qima qat-lamlarida kapillyarlar to’rini hosil
qiladi.
Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va
regeneratsiyasi. Silliq mushak to’qimasi
mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan
mushak hujayralari dastlab o’simtalarga ega
Dostları ilə paylaş: |