Qo’lqanotlilar va ko’rshapalaklar turkumlari.
1.Qo’lqanotlilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?-----Malla shomshapalak, taqaburun ko’rshapalak, quloqdor ko’rshapalak, kojan va katta shomshapalak.
2.Qaysi sutemizuvchilar uchishga moslashgan?---Qo’lqanotlilar.
3. Ko’rshapalaklarning oldingi oyog’i o’zgarib nimaga aylangan?---Qanotga.
4. Ko’rshapalaklar tanasining qaysi qismiga yupqa teri parda tortilgan?---Oldingi oyoqlari suyaklari oralig’ida va orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni o’rtasida.
5. Ko’rshapalaklarning qaysi barmog’i erkin bo’ladi?----Oldingi oyog’ining birinchi barmog’i va keyingi oyoqlari panjasi.
6. Ko’rshapalaklarning qaysi sezgi a’zosi yaxshi rivojlanmagan?---Ko’zlari ojiz bo’lib, yaxshi ko’rolmaydi.
7.Uchayotgan ko’rshapalak qaysi qismidan uzuq-yuluq ultra tovush chiqaradi?----Burni va og’zidan.
8. Ko’rshapalaklarni aholi yashaydigan njoylarga jalb qilish uchun nima qilish kerak?---Pana joylarni buzmaslik ba yangi pana joylar yaratish kerak.
9.Ko’rshapalaklar nimalar b-n oziqlanadi?-----Qon so’ruvchi va zararkunanda hasharotlar b-n.
10.Kemiruvchilarda qaysi tish bo’lmaydi?----Qoziq tishlar.
11.Kemiruvchilarning qaysi tishlari butun hayoti davomida o’sib turadi?-----Kurak.
12.Kemiruvchilarni kurak tishlari qanday tuzilgan?---Yirik va o’tkir bo’ladi.
13.Kemiruvchilarning qaysi tishlari butun hayoti davomida o’sadi?----Kurak.
14.Kemiruvchilarning qaysi tishlarini orqa tomonida email bo’lmaydi?---Kurak.
15.Turar joylarda kemituvchilarning qaysi vakilari ko’p uchraydi?---Sichqon vq kalamush.
16.Kemiruvchilarning qaysi vakillari cho’llarda yashaydi?---Yumronqoziqlar.
17.Kemiruvchi sutemizuvchi hayvonlar?-----Uy sichqoni, ko’k sug’ur, sariq yumronqoziq, talay tovushqoni, kulrang kalamush va ondatra.
18.Kemiruvchi hayvonlarning qaysi vakillari koloniya bo’lib yashaydi?-----Yumronqoziqlar.
19.Jayra qayerlarda yashaydi?-----Tog’ etaklari va cho’llarda.
20.Qaysi kemiruvchi hayvonning tanasi ninalar b-n qoplangan?----Jayra.
21.Kalamushlar qaysi kasalliklarni tarqatadi?-----O’lat.
22.Qaysi kemiruvchi hayvonlar mo’ynasi u-n ovlanadi?-----Ondatra, nutriya, sug’ur, yumronqoziq, tyin.
23. Kemiruvchilarning qaysi vakillari qimmatli mo’yna beradi?----Ondatra va nutriya.
24.Ondatra va nutriyani vatani qayer hisoblanadi?-----Amerika.
25.Qaysi kemiruvchi hayvon “Qizil kitob”ga kiritilgan?-----Ko’k sug’ur.
Dostları ilə paylaş: |