Tog` jinslarini mexanik usulda qazib olishga tayyorlash kirish asosiy qism



Yüklə 9,14 Kb.
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü9,14 Kb.
#127231
1   2   3   4
Tog jinslarini mexanik usulda qazib olishga tayyorlash-fayllar.org

Muzlagan tog’ jinsini eritish


  • . Tog’ jinslarini eritish par, suv, chuqur yoki yuzaviy elektrisitgich elektrodlar va yuzani kuydirish yordamida amalga oshiriladi. CHuqur elektrisitgichda elektrodlar bir-biridan 0,5–0,7 m masofada bo’lgan shpurlarga muzlash chuqurligigacha joylashtiriladi. Elektr zanjiri erigan tog’ jinsida qisqa tutashuv hosil qiladi va uning erish jarayoni pastdan yuqoriga qarab hosil bo’ladi. Eritishga ketgan elektr energiya sarfi 1 m3 tog’ jinsiga 8-10 kvt s ni tashkil etadi.

  • Yuzaviy elektr isitgichda elektrod metal setka ko’rinishida eritiladigan uchastka yuzasiga yotqiziladi. Elektr ta’minoti yuqori chastotali generator orqali amalga oshiriladi. Par bilan eritish havo harorati 0 dan past bo’lib, bu holat uzoq davom etadigan iqlim sharoitlarida muzlagan tog’ jinslarida qo’llaniladi. Par bilan eritishda ichki diametri 19-22 mm, uzunligi 1,5-3 m bo’lgan po’lat trubalar qo’llaniladi. Bu trubalar shpurlarga joylashtiriladi (shpurlar orasidagi masofa 2-2,5m) yoki skvajinalar burg’ulanib, bu skvajinalarga par yuboriladi yoki boshqa isituvchi materiallar joylashtiriladi. Eritish davomiyligi 4-6 soatda 24-27 kg parni sarflab 1m3 tog’ jinsini eritish mumkin.

  • Yuza qismini kuydirish yordamida eritish muzlagan tog’ jinsi yuzasida ko’mir qatlami, torf yoki o’tin yoqish orqali amalga oshiriladi. 1m3 tog’ jinsini eritish uchun yoqilgi sarfi: 30-60 kg ko’mir, 120-140 kg torf va 0,14-0,17 m3 o’tin sarflanadi.

Muzlashdan himoya qilish


  • Muzlashdan himoya qilish harorat 0˚dan past bo’lganida dastlabki yumshatish amalga oshirilmasdan ham qazib olish imkonini beradi. Muzlashdan himoya qilish uchun yerning yuza qismini haydash, yumshatish, boronalash (molalash) va isitish usullari qo’llaniladi.

  • Haydash, yumshatish va bronalash tog’ jinsi sirtida hosil qilingan havo bilan to’ldirilgan bo’shliq hisobiga issiqlik o’tkazuvchanlikni ma’lum darajada pasaytiradi.

  • Xaydash va yumshatish maxsus plug va yumshatgich yordamida o’tiladi. Bunda xaydash chuqurligi 40-50 sm, boronalash chuqurligi esa 20 sm ni tashkil etadi.

  • Er sirtini muzlashdan himoya qilish uchun teploizolyatsion material sifatida mox, yog’och qirindisi, mineral vatalar qo’llaniladi

Yüklə 9,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə