3
Mazkur o‘quv – uslubiy majmua Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6
apreldagi 137 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida
tayyorlandi
Tuzuvchilar:
Yulchieva M.T. – Farmakognoziya
kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Atamuratova N.T – Farmakognoziya kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Raximova T.T. - O’z.RFA O’simlik va hayvonot
olami genofondi instituti,
geobotanika va o’simliklar ekologiyasi laboratoriyasining etakchi ilmiy
hodimi
professor, b.f.d.
Abzalov A.A.– ToshFarmi Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.
O’quv uslubiy majmua Toshkent farmasevtika institutining soha uslubiy kengashining 2016 yil
15 iyundagi 15 – sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
Soha uslibiy kengash raisi: _____________________Tojiev M.A.
O’quv uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. “28” iyun. 2016 yil
11 - sonli bayonnomasi
Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi: _____________________ S.U.Aliev
5
I.ISHCHI DASTUR
Farmatsiya va kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun
Kirish
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga e’tiborning tobora yuqoriligi sababli, o‘quv darsliklarni
yangilash va xorijiy o‘quv adabiyotlaridan yanada ko‘prok foydalanishni taqozo etmoqda.
Mazkur ishchi dasturni tuzishda xorijiy adabiyot ma’lumotlari ham kiritildi. Bu talabalarning
botanika fani bo‘yicha olgan bilimlarni yanada mustaxkamlaydi.
Farmatsevtika institutida botanika fanini o’qitilishining asosiy maqsadi malakali
mutaxassislar tayyorlash, tabiatga, o’simliklar dunyosiga, ayniqsa dorivor o’simliklarga
nisbatan mehr - muhabbat uyg’otish, tabiiy boyligimizdan to’g’ri va oqilona foydalanish
yo’llarini o’rgatadi. Maqsadga erishish uchun botanika fanidan mashg’ulotlar o’ziga xos uslub
bilan o’tkaziladi. Chunki farmatsevtlar, dorivor moddalarning ko’pchiligi o’simliklar maxsuli
ekanligini hisobga olib, ularni makro va mikroskopik tuzilishini tekshirib aniqlaydi. Natijada
anatomiya, morfologiya, sistematikadan bilimga ega bo’lib qolmay, amalda ish bajara olishi
zarur. Bu amaliy tajriba turli o’simliklarni qismlari to’g’risida aniq tasavvur hosil qilishga,
makroskopik va mikroskopik tomondan aniqlashda farmakognoziya faniga asos bo’ladi.
Laboratoriya mashg’ulotining «Anatomiya» bo'limida tayyor kesiklardan foydalanish bilan
birga, vaqtincha kesiklar tayyorlash ko’zda tutilgan.
Malakali mutaxassis bo’lish uchun talabalar o’simliklar morfologiyasini, anatomiyasini
yaxshi o’zlashtirishi lozim. Sistematikani o’rganilayotganda har bir talaba gerbariy bilan
ta'minlandi.
Botanika fanini o‘qitishda
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy
and science. va
V. Ch. Evans Pharmacognosy adabiyotlaridan foydalanib, yangi ma’lumotlar
bilan boyitildi.
Fanning maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 19 yanvar yig’lishining
“O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish dorivor va oziq –ovqat o‘simliklarini etishtirish va qayta
ishlashni yanada ko‘paytirish to‘g‘risida” gi 5-sonli bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 20 apreldagi yig‘ilishining “Maxalliy korxonalarda dorivor
o‘simliklarni va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqishni rivojlantirish
to‘g‘risida”gi 32 - sonli bayonnomasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash borasida
Respublikamizda tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik turlari, o‘rganish, o‘simlik areallarini
saqlab qolish, zahirasini boyitish kabi vazifalar tushuntirilib boriladi.
Botanika fani farmatsevtika institutida umumiy teoretik kurs bo’lib, talabalarni ixtisos
bo’yicha farmakognoziya, o’simlik fiziologiyasi, bioximiyasi, mikrobiologiyasi, dorivor
o’simliklarni o’stirish biologiyasi kabi kurslarni o’tishga tayyorlaydi. Shu bilan birga talabalar
botanikaning muhim bo’limlari bilan tanishib, bir vaqtning o’zida o’simliklar dunyosining
hayot faoliyatini o’rganadilar, bu esa farmatsevtlar uchun o’ta muhim bo’lgan dorivor
o’simliklar va o’simlik homashyolari bilan ishlashga yordam beradi.
Dorivor o’simliklar florasidan foydalanish, tabiatini va o’simliklar dunyosining resurslarini
himoya qilgan va uni tushungan holda olib borilishi kerak.
Fanni o’rganishning vazifalari.
Botanika fanini o’qish natijasida talaba quyidagilarni bilishi shart:
-
o’simliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini;
-
o’simlik organlarining morfologik va anatomik strukturalarining xilma-xilligini;
-
yuqorida ko’rsatilgan kurslarda o’rganiladigan dori turlarini o’z ichiga olgan o’simlik
guruhlarini;
-
homashyoni aniqlashdagi o’simliklarni diagnostik ko’rsatkichlarini bilishdan iborat.