Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə12/85
tarix21.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#111842
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va

amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat
fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki
so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini
tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;

  • oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli

(fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • yakuniy nazorat (YAN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy

bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish
darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va
iboralarga asoslangan “YOzma ish” shaklida o‘tkaziladi.
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin.
Bunday hollarda YAN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish
darajasi ballar orqali ifodalanadi.
«Yosh davrlar psixologiyasi» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
YA.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib
taqsimlanadi.
1. Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr (o‘quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
- joriy baholash (JB)
- talabalarning mustaqil ishi (TMI)
- oraliq baholash (OB)
- yakuniy baholash (YAB)
Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr (yil sikl) davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimida baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:





Baholash turi

Maksimal ball

Saralash ball

1

Joriy baholash

55

30,2

2

Talabaning mustaqil ishi

5

1,7

3

Oraliq baholash

10

5,5

4

YAkuniy baholash

30

16,5




JAMI

100

55

Talabalarning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə