|
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
|
səhifə | 7/10 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 107,95 Kb. | | #163980 |
| Mustaqil ish un uslubiy ko'rsatma9. Mustaqil ishi ximoyasi.
Mustaqil ishi ximoyasi Mustaqil ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri xisoblanadi. Tugallangan Mustaqil ishi belgilangan muddatda professor-o’qituvchiga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ishdagi kamchiliklarni to‘ldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar taqdimot shaklida ximoya qilish uchun ruxsat beriladi.
Mustaqil ishi ximoyasi uchun xar bir talabaga 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Ximoya jarayonida Mustaqil ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.
Mustaqil ishi ximoyasi ushbu fan professor-o’qituvchisi tomonidan baxolanadi.
Namunali bajarilgan mustaqil ishlar talabalarning ilmiy ishlari ko‘riklariga, tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin. Mustaqil ishida bayon qilingan ma’lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.
10. Mustaqil ishini baxolashning reyting mezonlari
Bakalavr 5230200-Menejment (kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish) yo‘nalishi talabalari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Mustaqil ishi talaba tomonidan professor-o’qituvchiga taqdim etiladi. Mustaqil ishi natijasiga max. 15 bal bilan baxolanadi va JN balliga qo’shiladi.
Agar mustaqil ishi ximoyasi vaqtida talaba ma’ruzani qila olmasa, mustaqil ishni moxiyatini ochib bera olmasa, mazmunini tushuntira bilmasa, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga javob bera olmasa xamda bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa, professor-o’qituvchi tomonidan “qoniqarsiz” deb topilsa mustaqil ish baxolanmaydi. Mustaqil ishi ximoyasi natijalari baxosi shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.
11. “Pul, kredit va banklar” fanidan mustaqil ishi mavzulari tematikasi
Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli
Oltin pul sifatida.
Pulning mohiyati.
Pulning o‘ziga xos xususiyatlari.
Pul umumiy ekvivalent sifatida.
Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi.
Pul nazariyalari
Pulning metallilik nazariyasiga nisbatan tanqidiy qarashlar.
Pulning nominallik nazariyasining yuzaga kelish shart-sharoitlari va asosiy qoidalari.
Pul massasi va pul agregatlari
Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari
Inflyasiya va unga qarshi kurashish yo‘llari
Pul islohotlari
Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari
Kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi
Markaziy bank va uning funksiyalari
Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Tijorat banklarining operatsiyalari
Nobank moliya-kredit muassasalari
Bank inqirozlari
Pulning xalqaro munosabatlardagi harakati
Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari
Dostları ilə paylaş: |
|
|