Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi, iqtisodiytahlil va audit»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#86537
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi

XULOSA  

Xulosa  o‘rnida  shuni  ta’kidlash  joizki,  hozirgi  kunda  ta’lim  tizimida  juda 

katta  o‘zgarishlar  bo‘lmoqda.  Bugungi  kun  ta’lim  tizimining  bosh  maqsadi  har 

tomonlama yetuk kadrlarni yetkazishdir. Buning uchun ta’lim muassasalarida o‘quv 

jarayonlari  yangicha  shaklda  olib  borilmoqda.  Ilgarigi  an’anaviy  usullardan 

zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o‘tilmoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 

bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini 

takomil­lashtirish,  yoshlarning  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish,  ularning 

barkamol  bo‘lib  voyaga  yetishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  borasida  bir 

qancha  muhim  hujjatlar  qabul  qilindi,  amaliy  ishlar  yo‘lga  qo‘yildi,  muayyan 

natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha 

keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, 

Prezi­dentimiz  rahbarligida 2019-yil 19-martda  “Yoshlar bilan  ishlashni  samarali 

tashkil  etishda  madaniyat,  san’at,  sport,  axborot  texno­logi­yalari,  kitob  o‘qishga 

qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” 

o‘tkazilgan  video­selektor  yig‘ilishida  yosh­larni  rivojlantirishga  qara­tilgan 

ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari 

surildi. Bular quyidagilar: 

 

Birinchi  tashabbus    yosh­lar­ning  musiqa,  rassom­lik,  ada­biyot,  teatr,  va 



san’atning bosh­qa turlariga qiziqishlarini oshi­rish bo‘yicha. 

 



Ikkinchi  tashabbus    yosh­lar­­ni  jismoniy  chiniqtirish  va  sport  sohasida  o‘z 

qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari 

bo‘yicha. 

 



Uchinchi tashabbus  aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va 

internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha. 

 

To‘rtinchi  tashabbus    aholi,  ayniqsa,  yoshlar  ma’naviyatini  yuksaltirish,  ular 



o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha. 

 



Beshinchi tashabbus  xo­tin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil 


36 

 

etish masalalari bo‘yicha. 



 

Respublikamizda  ishlab  chiqilgan  qonunlarda  ta’lim  tizimini  isloh  qilish 

masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Bugungi  knda  mamlakatimizda  ta’lim 

tizimini isloh qilish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kundagi 

asosiy  vazifa  asosan  talaba  –  yoshlarning  malaka  darajasiga  qaratilmoqda.  Eng 

avvalo kadrlar malakasini oshirish hayotiy majburiyat bo‘lib, iqtisodiyotda, ijtimoiy 

hayotda  har  kuni  jiddiy  o‘zgarishlar  bo‘lmoqda.  Bugungi  kundagi  ushbu 

o‘zgarishlarni o‘zlashtirib boorish, talaba – yoshlarga ushbu jarayonlarni yetkazib 

berish o‘qituvchilardan ham kata ma’suliyat talab qiladi. 

Qolaversa talaba yoshlar ham ushbu borada o‘z bilim va ko‘nikmalarini turli 

manbalar bilan boyitib bormoqdalar. Ushbu jarayonlarning bosh maqsadi talabalar 

o‘zlarini  olgan  bilimlarini  puxta  egallab,  mutaxasissliklari  bo‘yicha  zamonaviy 

bilimga  ega  bo‘lishlaridir.  Bundan  tashqari  olgan  bilimlarini  qolganlar  bilan 



37 

 

o‘rtoqlashishlariga  qaratilgan.  Shunday  ekan  nimalarga  e’tibor  qaratish  lozim, 



ya’ni qanday tavsiyalar ishlab chiqish mumkin. 

Shu o‘rinda  ta’kidlash  lozimki,  bugungi  kunda  yoshlarni  ma’naviy 

intellektual rag‘batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellectual sifatlarni 

zamonaviy usullarda aniqlash  tarbiyaviy jarayonga  samarali o‘zgarishlar  kiritadi. 

O‘quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi 

yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi tarbiy mazmuni, usullari va uning 

tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. 

Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning 

bir bo‘lagi modellashtiruvchi metod avvalambor talabalarning mustaqil fikrlashga 

o‘rgatadi.  Bu  jarayonda  barcha  talabalar o‘qituvchi  boshchiligida  darsga 

qatnashishadi. 

Talabalarga  mutaxasisslik  bo‘yicha  bilimlardan  tashqari  boshqaruv 

jarayonini  ham  o‘rgatish  lozim.  Buni  ham  biz  yuqoridagi  metod  orqali  qo‘llay 

olamiz albatta. 

Ushbu  kurs  ishini  yozish  jarayonida  shuni  xulosa  qilish  mumkinki, 

buxgalteriya  hisobi  faoliyatning  bosh  bo‘g‘ini  desak  yanglishmaymiz  albatta. 

Chunki,  bu  hisob  tizimi  orqali  biz  sub’yektlar  faoliyatini  qay  darajada  olib 

borilayotganini bemalol baholay olamiz. Buning uchun esa biz Buxgalteriya balansi, 

uning tuzilishi va mazmunini to‘g‘ri farqlay olishimiz kerak. Buning  uchun bizga 

qonunchilik tizimidan ham yyetarli bilimlar bo‘lishi shart. Bugungi kunda erkin va 

mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga 

qodir yosh avlodni shakllantirish bosh masala ekan, shuning uchun ta’lim tizimiga 

e’tiborni kuchaytirish kerak. 



38 

 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə