Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘QUV DASTURI 
 
 
 



I

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan O‘zbekistonda real sektorni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, tarmoq 
korxonalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi zamonaviy texnika, dastgoh va 
uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish eng avvalo samarali investitsion faoliyatni 
tashkil etishni va to‘g‘ri yo‘naltirilgan investitsion siyosatni olib borishni taqozo etadi. Bunda 
korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarishning ichki imkoniyatlaridan to‘la foydalanish 
jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” fani umumkasbiy fanlar blokiga 
kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. "Korxona iqtisodiyoti va 
innovatsiyalarni boshqarish" fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda 
sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini nazariy va amaliy masalalarini o‘rganish 
va uni mo‘‘tadil rivojlantirishning echimlarini topishda hamda magistratura ta’limi “real 
sektor” bo‘yicha mutaxassislarni shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va 
xulosalaridan mamlakat real sektor korxonalarini investitsiyalashning belgilangan dasturlarini 
ishlab chiqishda keng foydalaniladi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə