Toshkent moliya instituti


Xalqaro valyuta munosabatlarini takomillashtirish va valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə5/6
tarix20.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#101135
1   2   3   4   5   6
Moʼsajonov Ulugʼbek (bi61) kurs ishi)

3.Xalqaro valyuta munosabatlarini takomillashtirish va valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
Xususiy korxoalar, firmalar, banklarning valyuta va pul bozoridagi xalqaro hisob-kitoblar, kredit va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadidagi kundalik aloqalarini o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlarining ba’zi bir elementlari kadimiy Rimda veksellar asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir mamlakat savdogariga almashtirib berish zaminida vujudga kelgan. Valyuta munosabatlarining rivojlanishining keyingi bosqichi kadimiy Lionda va boshqa G’arbiy Evropa mamlakatlarida o’tkaziladigan tratta operatsiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xo’jalik tizimining rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining asosidir. Xalqaro valyuta tizimi o’z rivojlanishining hozirgi bosqichida qator xususiyatlari bilan ifodalanadi.
Birinchidan: «suzish» erkinligi mamlakatlarda davlat tomonidan cheklansa ham, «suzib yuruvchi valyuta» kurslari qoidasi rasman tan olingan va kiritilgan. («Erkin suzib yuruvchi» valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va ta’siri ostida o’zgarib turishi mumkin.)
Ikkinchidan: AQSH dollari o’zining asosiy valyuta sifatidagi ahamiyatini yo’qotmoqda hamda nemis markasi, YAponiya ienasi, eKYU (hozirda yeVRO) va boshqalar tobora xalqaro rezervlar va to’lov vositalari sifatida qo’llanilmoqda.
Uchinchidan: jahon valyuta tizimiga sobiq sotsialistik mamlakatlar jalb qilingan bo’lib, ularning ko’pchiligi 90-yillarning boshlarigacha XVF faoliyatida qatnashmagan va amalda jahon valyuta tizimiga tortilmagan edilar.
To’rtinchidan: davlatlarning XVF tevaragida yagona valyuta tizimiga birlashishi alohida hududiy xalqaro valyuta tizimlari faoliyat ko’rsatishini inkor kilmaydi, chunki ular jahon tizimi tarkibida rivojlanib bormoqda. Xususan, 1979 yilda yevropa hamjamiyati mamlakatlari yevropa valyuta tizimini barpo etdilar. Unda yagona valyuta (EKYU) 1999 yil 1 yanvardan yeVRO hamda valyuta kurslarini o’rnatish va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona mexanizmi mavjud.
Valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir bo’lagi hisoblanib, uning holati milliy va jahon iqtisodining rivojlanish darajasiga, siyosiy axvolga, mamlakatning iqtisodiy potentsialiga, uning jahondagi mavqeiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Xalqaro munosabatlar sharoitida kapitalning aylanish jarayonida pul kapitalining milliy pul ko’rinishidan xorijiy valyuta ko’rinishiga o’tish jarayoni yuzaga keladi. Valyuta tizimining quyidagi turlari mavjud. Bular - milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlaridir. Sanoat rivojlangan davlatlar iqtisodiyotlari o’rtasidagi integratsiyaning chuqurlashuvi sharoitida valyuta tizimi jahon xo’jalik aloqalarida muhim va mustaqil o’rin tuta boshlayapti. Valyuta tizimi mamlakatning iqtisodiy holatiga bevosita ta’sir etadi (ya’ni ishlab chiqarish omillari, sur’atlariga, narxga, ish haqiga va boshqalarga). Milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlari tushunchalari birbiridan farqlanadi. Jahon valyuta tizimi quyidagi elementlarini, ya’ni xalqaro to’lov vositalarining ma’lum bir yig’indisi, valyuta kurslari va valyuta pariteti, konvertirlash shartlari, xalqaro hisob-kitob shakllari, xalqaro valyuta va oltin bozorlari rejimi, xalqaro va milliy bank tashkilotlari, xalqaro kredit vositalarini muomalada qo’llash qoidalarini, valyutaviy cheklashlarni davlatlararo boshqarish usullari va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro va mintaqaviy valyuta tizimlarining asosi bo’lib xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi savdo hisoblanadi. Jahon Valyuta tizimi o’z ichiga valyuta instrumentlari (vositalari)ning amal qilishini ta’minlovchi xalqaro kredit - moliya muassasalari va xalqaro bitim va davlat huquqiy normalari komplekslarni o’z ichiga oladi. Mintaqaviy valyuta tizimi rivojlangan davlatlarning jahon valyuta tizimi chegarasida tashkil etiladi. Masalan, Evropa valyuta tizimi - EVT bir qator Evropa davlatlarining valyuta sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari shakli sifatida namoyon bo’ladi va faoliyat ko’rsatadi. Valyuta mexanizmi samaradorligi, davlatning va xalqaro valyuta-moliya muassasalarining valyuta, pul va oltin bozorlariga aralashish darajasi iqtisodiy o’sish, davlatning tashqi iqtisodiy strategiyasiga ta’sir etadi. Valyuta tizimi ahamiyatining o’sishi rivojlangan mamlakatlarning milliy va mahalliy doirada valyuta sohasida davlat monopolistik boshqaruvining yangi usuli va vositalarini izlashga majbur etmokda.
Hozirgi paytda jahon valyuta tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim qismi bo’lib, tashqi savdo operatsiyalari xorijiy investitsiyalar va boshqalar bo’yicha xalqaro pulli hisob-kitoblar tashkil etishning doimo takomillashib borayotgan shakli hisoblanadi. Unda quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni ajratish mumkin:
1. Xalqaro hisob-kitoblarda foydalanadigan to’lov va kredit vositalari:
- oltin;
- yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar milliy valyutalari: AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, Germaniya markasi, SHveytsariya franki, YAponiya ienasi, ya’ni rezervdagi milliy valyutalar;
- xalqaro yoki mamlakatlararo hisob-kitob pul birliklari (SDR, EKYU). 1999 yil 1 yanvardan Yevro
2. Valyuta kurslarini o’rnatish va saqlab turish mexanizmi.
3. Valyuta bozorlarining ishlash tartibi.
4. Jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib-qoidalari.
5. Valyuta munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilish tizimi, shu jumladan valyuta cheklashlari, konvertirlash shartlari.
6. Valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va jahon valyuta tizimi barqarorligini ta’minlovchi xalqaro muassasalar tizimi (XVF, Umumjahon banki).11
Xalqaro valyuta munosabatlarini takomillashtirish o`z navbatida jahon miqiyosida to`lovlarni, xalqaro valyuta operatsiyalarini rivojlanishi bilan uzviy bog`liq xisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlarini takomillashtirishda zamonaviy usullardan, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish orqali erishish mumkin.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.) Pulning xalqaro almashuvi, xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, hozirgi shaklda valyuta bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya‘ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan tashkil topgan edi.
Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida zarbxonalar oltin qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham, bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi oltin tangalar qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la konvertirlangan. Oltin bilan konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi uchun, qog‘oz pullar emissiyasi chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi. Valyuta dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo bo‘lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat berdi. Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo‘ldi. Uning asosiy xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan, belgilangan valyuta stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi sifatida hamda bir vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to‘lov vositasi edi.
Oltin ushbu funktsiyalarni ta‘minlashi uchun, quyidagi shartlar bajarilishi shart bo‘lgan:
1) Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo‘yicha, chegaralangan miqdorda sotishni va sotib olishni kafolatlashi.
2) Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va quyma shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni saqlash jarayoni esa, tezavratsiya degan nom olgan.
3) Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi.
Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har doim bir xilda bo‘lishi ta‘minlangan. O‘z-o‘zidan, oltin tanga andozasi sharoitida, likvidlilik - sanoat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan oltinni ishlab chiqarish tezligi va oltinning miqdori bilan aniqlangan. Barcha valyutalar va oltin o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik, xalqaro hisobkitoblarni amalga oshirishda, ma‘lum ta‘sirini o‘tkazdi. Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon quyidagicha amalga oshdi: to‘lov balansida taqchillik mavjud mamlakat, ma‘lum miqdordagi oltinni chet elga olib chiqishi shart bo‘lgan. Bu muomaladagi pul massasini kamaytirib, deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi o‘sishini chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida inflyatsiyani keltirib chiqargan. Shu yo‘l bilan hosil qilingan narxlar o‘rtasidagi farq, oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to‘lov balansini yaxshilagan.12
Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam bergan. Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom oldi. Rasmiy paritetdan bunday og‘ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining +l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan.
Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914 yilgacha amalda bo‘ldi. Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi zaruriy mablag‘lar, faqatgina qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan qondirilishi mumkin edi. Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda parokandalikka olib keldi. Genuya jahon valyuta tizimi (1922-1929y). Ikkinchi jahon valyuta tizimi 1922 yilda o‘tkazilgan xalqaro Genuya konferentsiyasi qarorining natijasi edi.
Jahon valyuta tizimi uzoq tarixga ega bo‘lib, rivojlanishning bir necha bosqichlarini bosib o‘tgan. Pul tizimining mavjud bo'lgan davrlarining har biri ma'lum bir davr talablariga javob beradigan o'ziga xos xususiyatlarga ega edi, ammo umumiy rivojlanish tendentsiyasini qayd etish mumkin: oltinning bosqichma-bosqich demonetizatsiyasi va asosiy zaxira sifatida AQSh dollarining mustahkamlanishi. valyuta, bu esa AQSHning jahon iqtisodiy maydonida mustahkamlanishiga yordam berdi va yangi bosqich boshlandi, dunyoning uch valyutali tizimga o'tishi, bu erda uchta almashtiriladigan valyutalar - dollar, evro va milliy valyuta mavjud.
Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning pul tizimlarini integratsiya qilish g'oyasi paydo bo'lganidan beri juda ko'p vaqt o'tdi va katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Biz Yevropaning ko‘zlangan maqsadi sari bosqichma-bosqich, puxta o‘ylangan va o‘lchovli harakatiga guvoh bo‘ldik. Ushbu harakatning o'ziga xos xususiyati uning har bir qadamining to'liq ochiqligi va tushuntirilishi edi. Yevropaning iqtisodiy salohiyati AQSh va Yaponiyanikidan ancha yuqori. Ammo shu paytgacha Evropa sanoatining rivojlanish sur'ati bu davlatlarga qaraganda ancha past edi. Yagona valyutaning joriy etilishi bu muammoni engillashtirishi kutilmoqda. Biroq, integratsiya jarayonining bir zumda ta'sirini kutish qiyin. Jahon iqtisodiyoti juda katta mexanizm bo'lib, xatolarga juda sezgir, lekin juda uzoq vaqt davomida muayyan harakatlarning to'g'riligini tasdiqlaydi. Ammo dollarga e'tibor qaratish mumkin emas, u hali ham kuchli valyuta bo'lib qolmoqda va xalqaro valyuta tizimida barqaror pozitsiyada qolmoqda. Yuqoridagilarni ko`rib valyuta munosabatlarini takomilashtirish va valyuta tizimining rivojlanishi haqida ko`palab ma`lumotlarga ega bo`ldik.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Xalqaro valyuta munosabatlari valyutalaming xalqaro miqyosdagi harakati natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. Xalqaro valyuta munosabatlarining subyektlari bo‘lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya institutlari hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi davlatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 0‘z navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlaming valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlari- ning chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to‘g‘ri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tar- tibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivoj- lanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilami kiritish mumkin. Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlaming valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ulaming valyuta- moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlaming ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoli­yati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlami tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali - Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. XVFning a’zosi boigan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB tomonidan taqdim etiladigan qarzlaming asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlaming iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlami amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlaming xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solishda har bir mamlakatning Markaziy banklarining o`rni ham katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy banklar ham valyuta munosabatlarini amalga oshishida o`z o`rniga ega hisoblanadi. Demak yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kurs ishini oqish mobaynida ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ldik va o`zimizga kerakli xulosa ko`nikmalarga ega bo`ldik deb aytsak bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy ta`minlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yo`lga qo`yildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining me`yoriy darajadan oshib ketishiga yo`l qo yilmadi. Bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Dunyo miqyosida xalqaro valyuta munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul o zgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta munosabatlariga bag`ishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. So`nggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli o`zgarishlar kuzatildi:

  • jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar ta`minoti o`rtasidagi aloqadorlik yo`qoldi;

  • bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan ko`ra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi;

  • mamlakatlarning to`lov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm bo`yicha ko`paydi;

Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etdi. Shningdek hozirgi kunda, jahon valyuta tizimiga kriptovalyutalarni ta sirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini o`rganish maqsadida o`nlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam bergan. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski past bo`lgan. Yuqoridagilarni ko`rib valyuta munosabatlarini takomilashtirish va valyuta tizimining rivojlanishi haqida ko`palab ma`lumotlarga ega bo`ldik.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə