|
Toshkent pediatriya tibbiyot institutiumumiy va xususiy sitologiyaMitoxondriyalar
ATF sintezlovchi organellalar bo‘lib, hujayraning
energetik tizimini hosil qiladi. Sitoplazmadagi donasimon, ipsimon
tuzilmalar mitoxondriya nomi bilan nomlangan (mitos – ip, chondros -
dona). Mitoxondriyalarda elektron mikroskop ostida asosan 4 ta tuzilma
aniq ko‘rinadi: tashqi membrana, ichki membrana, kristallar va matriks.
Mitoxondriyalarning qalinligi 0, 5 mkm, uzunligi 1 mkm dan 10
mkmgacha bo‘lishi mumkin. Mitoxondriyaning tashqi membranasi uni
gialoplazmadan, ichki membranasi esa, uni matriksidan ajratib turadi.
Ikki membrana o‘rtasida bo‘shliq bo‘ladi, ichki membranadan matriks
ichiga o‘simtalar–kristalar bo‘rtib chiqadi. Kristalar yuzida mayda
dumaloq zarrachalar bo‘lib, bu zarrachalarda ATF ni sintezlovchi
fermentlar joylashadi. Mitoxondriya matriksi och bo‘lib, unda ham
mayda, elektron zich donachalar bo‘ladi, donachalar Sa++, Mg++ kabi
ionlarga boy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|