Toshkent tibbiyot akadeiyasi



Yüklə 367,93 Kb.
səhifə5/7
tarix20.10.2023
ölçüsü367,93 Kb.
#128589
1   2   3   4   5   6   7
услубий тавсиянома Авезмуратова Г — копия

Nojo‘ya ta’siri

Nazorat guruh (n=60)

Asosiy guruh (n=66)

Neytrofillar

34,5%±5,23

71,8%±6,62

Trombotsitlr

78,3±7,21

174,8±12,7

Gemoglobin

89,2±8,22 g/l

102,9±9,81 g/l

ALT

3,4±0,23 yed

1,2±0,08 yed

AST

3,2±0,24 yed

0,9±0,07 yed

Qayt

58 (96,7%)

11 (16,7%)

Diareya

51 (85%)

6 (9,1%)

Stomatit

48 (80%)

4 (6,1%)

Tana harorati oshishi

52 (86,7%)

7 (10,1%)

Teridagi toksiklik belgilari

59 (98,3%)

0

Kaft-poshna sindromi

47 (78,3%)

0

Neyrotoksiklik

56 (93,3%)

2 (3%)

Asteniya

55 (91,7%)

9 (13,6%)

Flebit

23 (38,3%)

1 (1,5%)

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki nazorat guruhda asosiy guruhga nisbatan olganda 5-Ftoruratsilning toksikligi yaqqol ifodalangan. Bunda neytrofillarning, trombotsitlarnig, gemoglobinning tushib ketishi, ALT,ASTlarnig jigarga toksikligi sababli oshib ketishi ishonchli darajada yuzaga chiqqan (p<0,05).


Shu bilan birga nazorat guruhda 5-Ftoruratsilning toksikligi qayt, diareya, tana harorati oshishi, neyrotoksikligi, bemorlar astenizatsiyasi va venalardagi yallig‘lanishi bilan asosiy guruhga nisbatan juda ishonchli darajada yuzaga chiqqan (p<0,05).
Jami bo‘lib biz o‘zbekistonlik aholining ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan 126 nafar bemorida DPYD14 genining rs3918290 yakka nukleotidli polimorfizmining genetik tahlilini o‘tkazdik.
Molekulyar-genetik tahlil DPYD14 genining polimorfik markerining 190511G>A genotiplari va allellarining quyidagi tarqalishini aniqladi: AA genotipi - hech bir bemorda aniqlanmagan (0%), GG genotipi – asosiy guruhda 56 ta (84,8%) bemorda va nazorat guruhda 42 (70%) bemorda aniqlangan, GA – asosiy guruhda 10 (15,2%) bemorda va nazorat guruhda – 18 (30%) aniqlangan, bunda ishonchlilik ko‘rsatkichi χ2= 4.01; p=0,045; OR=0,42; (0,17-0,99) ( jadval 2).
Jadval 2
DPYD genining 190511G>A genotip va allellar polimorfik markerining KBS (n=126) bilan kasallangan asosiy va nazorat guruhlarida uchrash chastotasining tahlili

Poli-morfizm

Alleli,
genotipы

Nazorat guruh (n=60)

Asosiy guruh (n=66)

OR (95% SI),χ2, p

n

%

n

%

DPYD genining 190511G>A

Alleli

G

102

85

122

92,4

OR=0,46; (0,21-1,05),
χ2= 3,51; p=0,061

A

18

15

10

7,6

Genotipы

GG

42

70

56

84,8

OR=0,42; (0,17-0,99),
χ2= 4.01; p=0,045

GA

18

30

10

15,2

AA

0

0

0

0

O‘rganilgan bemorlarda allelni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki G alleli asosiy guruhda 122 (92,4%) va nazorat guruhda 102 (85%) ni tashkil qilgan, A alleli asosiy guruhda 10 (7,6%) va nazorat guruhda 18 (15%) ni tashkil qilgan, bunda ishonchlilik darajasi χ2= 3,51; p=0,061 ni tashkil qildi.


Polimorf genlarning genotipini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, sut bezi saratoni bilan bemorlarni asosiy va nazorat guruhlarida genotiplarni emperik tarqalishi Xardi-Vaynberg tenglamasi nazariy kutilayotgan ko‘rsatgichlariga to‘g‘ri keladi (p<0,05)
Guruhlar o‘rtasidagi kimyopreparatga sezgirligi va rezistentligi bo‘yicha taqqoslov natijalari (jadval 3)
Jadval 3




Asosiy guruh, n=66

Nazorat guruh, n=60

P

Sezgirlik

54 (81,8%)

25 (41,7%)

χ2= 21.66;
p= 0.000003

Rezistentlik

12 (18,2%)

35 (58,3%)

Jami

66 (100%)

60 (100%)

Guruhlar o‘rtasidagi taqqoslov tahlilida guruhlar allellar bo‘yicha o‘rganildi. Bunda quyidagi o‘zgarishlar aniqlandi:


- asosiy guruhda kimyoterapiyaga sezgilik kuchli aniqlandi (54 (81,8%), allelar bo‘yicha bu ko‘rsatgichlar o‘rganilganda GG 48 (72,7%) ta va GA 6 (9,1%) ta bemorda aniqlandi;
-kimyoterapiyaga sezgirlik bo‘yicha nazorat guruhda (umumiy -25 (41,7%)) GG 17 (28,3%) ta va GA 8 (13,3%) ta ni tashkil qildi (χ2= 5.11;p= 0.024);
- rezistentligi bo‘yicha guruhlar solishtirib tahlil qilinganda asosiy guruhda (umumiy - 12 (18,2%)) GG 8 (12,1%) va GA – 4 (6,1%) ni tashkil qildi;
-rezistentlik bo‘yicha nazorat guruhda (umumiy - 35 (58,3%)) GG – 25 (41,7%) ni va GA 10 (16,7%) ni tashkil qildi (χ2= 0.097;p= 0.76) (rasm 2 va 3).


Rasm 2. Taqqoslanayotgan guruhlar allellari bo‘yicha sezgirligi


Rasm 3. Taqqoslanayotgan guruhlar allellari bo‘yicha rezistentligi
Kimyoterapiya sezgirlik va rezistentlik bo‘yicha o‘tkazilgan taqqoslov tahlilda asosiy va nazorat guruhlar o‘rtasida ishonchli farq aniqlandi (χ2= 21.66; p= 0.000003). Ya’ni sut bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlar asosiy guruh bemorlarida o‘tkazilgan kimyo vositasiga sezgirlik yuqori daraja deb hisoblandi (81,8%), bu ko‘rsatgich esa nazorat guruh bemorlarida past ko‘rsatgilarni, ya’ni deyarli 2 baravar kam (41,7%) ko‘rsatdi. Nazorat guruhdagi bu holatni albatta shu guruh bemorlarida kuzatilgan kimyovositaning toksikligi bilan bog‘lanadi.
Sut bezi saratoni bilan bemorlarda 5 yillik yashovchanlik tahlil qilinganda umumiy yashovchanlik 44,4% ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich asosiy guruh bemorlarida 63,6% ni va nazorat guruhda 23,3% ni tashkil qildi. Bunda asosiy va nazorat guruhlar o‘rtasidagi farq 40,3% ni tashkil qildi (χ2=4,99, p= 0.025; OR=4,2 95% IL (1,1-16,1))) (4,5,6 rasm ).

Rasm 4. Sut bezi saratonida 5 yillik umumiy yashovchanlik, Kaplan-Meyer bo‘yicha

Rasm 5. Asosiy guruhning 5 yillik yashovchanligi, Kaplan-Meyer bo‘yicha

Rasm 6. Nazorat guruhning 5 yillik yashovchanligi, Kaplan-Meyer bo‘yicha

Shu bilan birga biz taqqoslov guruhlarni allellar bo‘yicha tahlil qildik. Bunda


Jadval 4.
Taqqoslov guruhlardagi 5-yillik allellar bo‘yicha yashovchanlik ko‘rsatgichi

Kuvatuv davri

Asosiy guruh, n=66

Nazorat guruh, n=60

Jami, n=126

GG

GA

GG

GA

GG

GA

Murojaat vaqtida

56 (84,8%)

10 (15,2%)

42 (70%)

18 (30%)

98 (77,8%)

28 (22,2%)

1 yil

55 (83,3%)

8 (12,1%)

38 (63,3%)

12 (20%)

93 (73,8%)

20 (15,9%)

3 yil

52 (78,8%)

4 (6,1%)

32 (53,3%)

3 (5%)

84 (66,7%)

7 (5,6%)

5 yil

41 (62,1%)

1 (1,5%)

14 (23,3%)

0

55 (43,7%)

1 (0,3%)

Taqqoslov guruhlari allellar bo‘yicha tahlili yashovchanlik darajasi ko‘proq GG bo‘yicha ekanligi ko‘rsatadi, ayniqsa bu holatda asosiy guruhda yaqqol yuzaga chiqadi. Bunda 1 yillik yashovchanlik o‘rganilganda asosiy guruhda GG 55 (83,3%) ni, GA - 8 (12,1%) ni tashkil etdi, bu ko‘rsatgichlar esa nazorat guruhda 38 (63,3%) va 12 (20%) ni tashkil qildi. Bunda guruhlar o‘rtasida ishonchi farq bermadi (χ2= 2.44, p=0.12).


3 yillik yashovchanlik taqqoslab o‘rganilganda asosiy guruhda GG 52 (78,8%) ni va GA - 4 (6,1%) ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatgichlar esa nazorat guruhda GG ‑ 32 (53,3%) va GA‑ 3 (5%) ni tashkil qildi. Guruhlar o‘rtasidagi ishonchlilik darajasi bunda χ2= 0.062, p= 0.8 ni tashkil qildi.
5 yillik yashovchanlik ko‘rsatgichlari asosiy guruhda GG ‑41 (62,1%), GA‑1 (1,5%) va nazorat guruhda GG ‑14 (23,3%) va 0 ni tashkil qildi (χ2= 0.34, p=0.56).
Bundan xulosa kelib chiqadiki, garchi guruhlar o‘rtasida umumiy taqqoslovda ishonchli farqlar kuzatilgan bo‘lsada, allellar bo‘yicha tahlilda ishonchi farqlar aniqlanmadi. Bunga asos qilib genlardagi rolning ko‘proq GG ga bog‘liqliligini ko‘rsatadi (rasm 7).

Rasm 7. Kukrak saratoni bilan bemorlarda alleli GG bo‘yicha 5 yillik yashovchanligi, Kaplan-Meyer bo‘yicha

Rasm 8. Kukrak saratoni bilan bemorlarda alleli GA bo‘yicha 5 yillik yashovchanligi, Kaplan-Meyer bo‘yicha
Shu bilan birga taqqoslov guruhlarida sut bezi saratoni to‘liq regressiyasi, noto‘liq regressiyasi, saratonning stabilizatsiya, hamda saratonning ko‘chayib ketishi bo‘yicha tahlil qilindi. Tahlilda guruhlar umumiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha va allellar bo‘yicha tahlil qilindi (jadval 5).
Jadval 5
Sut bezi saratoni bilan bemorlarda kompleks davodan keyingi davrdagi saratonning davriy kuzatuvga nisbatan o‘zgarishi

Klinik natija

Asosiy guruh

Nazorat guruh

Umumiy

GG

GA

Umumiy

GG

GA

To‘liq regressiyasi

15 (2,7%)

13 (86,7%)

2 (13,3%)

9 (15%)

7 (77,7%)

2 (23,7%)

Noto‘liq regressiyasi

7 (10,6%)

6 (85,7%)

1 (14,3%)

45 (75%)

36 (80%)

9 (20%)

Stabilizatsiya

6 (9,1%)

5 (83,3%)

1 (17,7%)

2 (3,3%)

2 (100%)

0

Saratonning ko‘chayib ketishi

38 (56,7%)

30 (78,9%)

8 (21,1%)

4 (6,7%)

4 (100%)

0

Umumiy

66 (100%)

44 (66,7%)

12 (33,3%)

60 (100%)

49 (81,7%)

11 (18,3%)

Shunday qilib, o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruh bemordlarida bemorlarnig 5 yillik yashovchanlik ko‘rsatgichi ishonchli darajada (asosiy guruhda -63,6%, nazorat guruhda - 23,3%; χ2= 20.7, p= 0.000005) nazorat guruhga qaraganda yuqori hisoblanadi. O‘lim ko‘rsatgichi bo‘yicha ham asosiy guruhda umumiy o‘lim ko‘rsatgichi 5 yil davomida 11 (16,7%) ni tashkil qilgan bo‘lsa, nazorat guruhda bu ko‘rsatgich 23 (38,3%) ni tashkil qildi (χ2= 7.49, p= 0.0062).



Yüklə 367,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə