Tuproqshunoslik va geografiya


Tuproq va o’simlik qoplami



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə12/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Tuproq va o’simlik qoplami

Zarafshon havzasida tuproq va o’simlik qoplami o’ziga xos balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Havzaning eng pastki, ya’ni 400-500 m balandlikkacha bo’lgan erlari cho’l mintaqasiga kiradi. Bu mintaqada och bo’z tuproq tarqalgan bo’lib, unda asosan arpag’on, taroqbosh, lolaqizg’aldoq, qoramashoq, kovrak, chitir va boshqalar o’sadi. Ushbu mintaqaning toshloq erlarida esa shuvoq, burgan kabi o’simliklar turlari uchraydi.

Zarafshon daryosida cho’l mintaqasidan so’ng adirlar boshlanib, ular balandligi 500 metrdan 1200 metrgacha bo’lgan erlarni o’z ichiga oladi. Bu erlarda tipik va to’q tusli bo’z tuproq tarqalgan. Ushbu mintaqada qo’ng’irbosh, no’xatak, yo’ng’ichqa, yaltirbosh, oqquray, gulxayri, sasir, qasmaldoq, chalov, etmak kabi o’tlar hamda na’matak singari butalar o’sadi.

Havzaning 1200 metrdan 2700 metrgacha bo’lgan qismi tog’ mintaqasidan iborat bo’lib, bu erlarda jigarrang va qo’ng’ir tog’-o’rmon tuproqlari uchraydi. Bu tuproqlarda o’tlardan tak-tak, taroqbosh, chayir, butalardan esa uchqat, bodomcha, daraxtlardan archa o’sadi. Havzaning 2700 m dan baland qismi yaylov mintaqasidan iborat, tuprog’i jigarrangdir.

Yuqorida bayon etilgan tabiiy geografik omillar birgalikda Zarafshon daryosi havzasining yana bir o’ziga xos xususiyatini shakllantiradi. Bu xususiyat shundan iboratki, daryo havzasining tog’li qismida hosil bo’lgan oqar suvlar-er usti suvlari havzaning tekistlik qismidan tashqariga chiqib ketmaydi. Daryo havzasida o’tkazilgan maxsus gidrogeologik tadqiqotlar va tekshirishlar Zarafshon havzasidan er osti orqali chiqib ketadigan suvlar miqdorining ham juda oz ekanligini ko’rsatdi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə