Tushuntirish xati


Topshiriq: Mavzu bo’yisha tushunchalarini yozib kelish Sana



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə25/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Topshiriq: Mavzu bo’yisha tushunchalarini yozib kelish


Sana:_________________________
15-Mavzu:Eng buyuk jasorat-ma’naviy jasoratdir
Kun shiori: “Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat”.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.


  • Doskada:

Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o`z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo`ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.


O`qituvchi:Ko`pchilikqatorida, faqatvaziyattaqozoetgantaqdirdamaydongaotilibchiqish, qahramonlikko`rsatish — albatta, buhamosonemas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak. Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman.
Men o`z hayotim, ish faoliyatim davomida ma`naviy jasorat sohibi bo`lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo`lganim, zamondosh bo`lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman.
Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi.
O`z davrining fidoyi allomasi bo`lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o`zining mustaqil fikriga ega, kerak bo`lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.
Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa`rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo`ladi. Sho`ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema`ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma`qul ishga jasur olim Yahyo G`ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman. Uning ana shu fazilati tufayli tazyiq ko`rganini ham eshitganman. Lekin bu inson o`zining qalbidagi ma`naviy jasorat hissi tufayli hayotiy va ilmiy qarashlarida sobit turganini madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi.
Nafaqat, o`z she`rlari, balki butun hayoti bilan o`zbek ayolining ma`naviy qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo`shgan bo`lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she`rlari Sharq ayolining aklu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she`riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.
Ozod Sharafiddinov — hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O`zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, "Mehnat shuhrati", "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, O`zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo`lgan professor, qanchadan-qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo`lgan. O`zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni “Ustoz” deydilar.
Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma`no – mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e`tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to`la namoyon bo`ladi. Hayotning qiziq – qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo`ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi... Ruh tetik bo`lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.
Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o`zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho`lpon, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog`i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So`nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o`zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to`g`risida ham esselar yaratgan.
Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma`lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o`nlab badiiy, qanchadan – qancha ilmiy asarlarni o`qib, o`rganib chiqqan. Ba`zi maqolalarni chop ettirguncha, ba`zilarini e`lon qilgach, qanchadan – qancha qarshiliklarni yenggan, ta`na – dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi – munaqqid, tarjimon, ustoz –professorning yarim asrlik yo`li mashaqqatli, murakkab bo`lganligi yaqqol ko`rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr – qimmat topdi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə