Tushuntirish xati



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə4/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

«Tasdiqlayman»
__-sonli umumiy o`rta ta’limi maktabi direktori __________________
«___» __________2021y

_____ _____________ ______




O‘tiladigan mavzular SINF: 10__


Soat


Sana


Uyga vazifa

1.

Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!

1





2.

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

1





3.

Stresslar va ularni boshqarish psixologiyasi (stress management)

1





4.

Ustoz otangdek ulug‘i (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1





5.

Men-o’zgardim,Karyera-Faoliyat

1





6.

Ona tili-qalb ko’zgusi

1





7.

Halollik-eng muhim fazilat

1





8.

Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management)

1





9.

Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar

1





10.

Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).

1





11.

Befarqlik va uning oqibatlari

1





12.

Vatan olidagi burch va mas'uliyat.

1





13.

Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati

1





14.

Zamonaviy mehnat bozori

1





15.

Eng buyuk jasoarat-ma'naviy jasoratdir

1





16.

Yangi yil muborak !(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1





17.

Tinchlik uchun barcha mas'ul (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1





18.

Jahon axbort tarmog‘idagi tahdidlar! (Tarix fani oyligi doirasida).

1





19.

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

1





20.

Kitob ma’rifat chirog’i

1





21.

Kiber makon va biz.
(matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

1





22.

To’siqlarni yengib o’tish

1





23.

Ayolga ehtirom!
(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1





24.

Buyuk mutafakkirlarimizning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).

1





25.

Milliy qadriyatlar va an’analarimiz
(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1





26.

Amir Temur va jahon madaniyati.
(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1





27.

Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).

1





28.

Kiberxavfsizlikning asosiy shartlari

1





29.

Qarisi bor uyning farishtasi bor

1





30.

Xotira abadiy, inson qadri buyukdir (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1





31.

Vaqt qadri

1





32.

Yoshlarning ota-ona, oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari

1





33.

Men tanlagan kasb

1





34.

Mustahkam oila qurish bilim-ko’nikmalari

1







Sana:_________________________
1-Mavzu:― Yangi O’zbekiston, yangicha dunyoqarash!
Mashg’ulotning maqsadi:o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
T exnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
1.Tashkiliy qism: salomlashish,davomat,tozalikka e’tibor berish
II.Asosiy qism
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz. Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti? O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.
Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir. Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.
5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O `quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy. Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir. Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi. Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.


Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə